Mahsulotlarni ko’zdan kechirish: Sosiskalar
Sosiskalar vaqtimiz tig’iz bo’lganda beminnat yordamchimizga aylanishadi. Bugun sizlarga ana shunday sosiskalarni to’g’ri tanlash, qayerdan qanchaga sotib olish mumkinligi haqida ma’lumot berib o’tamiz.
Bunday mahsulotlar borasida juda ko’p bahslashishadi: ba’zilar bunday mahsulot organizm uchun zararli deb hisoblasa, ba’zilar esa bunday hisoblamaydi. Kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilishga qarshi insonlar quyidagi fikrda qat’iy turadilar: ularning tarkibida go’sht emas, balki ortiqcha kimyoviy moddalar va soya bo’lib, – genetik o’zgartirilgan oqsildan tashkil topgan deb bilishadi. Tabiiy bo’lmagan sosiskalarni sotib olmaslik uchun quyidagilarga ahamiyat berishimiz kerak:
To’g’ri tanlash
1. ГОСТ mi yoki TU? Bu ikki belgining bu yerdagi ahamiyati juda katta bo’lib, ГОСТ ya’ni (davlat standarti)da ishlatilgan mahsulotlarning soni aniq belgilab qo’yilgan. ГОСТ standartida mahsulotga ishlatiladigan go’sht miqdori 50 % dan kam bo’lmasligi kerak va bunday mahsulotda hech qanday ortiqcha quyultiruvchi moddalar va bo’yoqlar qo’shish mumkin emas: faqatgina tabiiy mahsulotlardan foydalanish kerak.ТУ – texnik shartlarda esa har bir ishlab chiqaruvchi mahsulot tarkibini o’zi tuzadi. Tabiiyki, bunda agar tadbirkor vijdonsiz bo’lsa, undan hamma narsani kutish mumkin.
2. Nomlanishiga e’tibor bering. yuqori sifatli sosiskalar 4 xil nomlanishi mumkin: «Особые», «Любительские», «Sutli» и «Qaymoqli». Bu ГОСТda belgilab o’tilgan.
3. Narxi va tarkibi. Sifatli sosiskalar hech qachon аrzon narxda bo’lmaydi. Albatta ba’zi qimmat sosiskalar har doim ham sifatli chiqavermaydi. Lekin ko’p hollarda, narx sifatdan dalolat beradi: sosiskalar go’shtdan arzon narxda bo’lmasligi lozim.Agar qadog’ida tarkibi keltirilgan bo’lsa, unda e’tibor bering: u yerda go’shtni o’rnini bosuvchi moddalar, soya, kraxmal, bo’yoqlar va ta’mni kuchaytiruvchi moddalar bo’lmasligi kerak.
4. Sosiskani ko’rib chiqing. Buni do’konni o’zida qilib ko’rish yaxshiroq, to’g’rimi? Lekin bu «tajribani» uyda ham o’tkazib ko’rish mumkin. Agarda sosiskalar yumshoq bo’lsa, demak uning tarkibida go’shtni o’rnini bosuvchi oqsildan foydalanilgan. Barmog’ingiz bilan sosiskani bosib ko’ring, agarda u o’z shakliga qaytmasa demak bu sifatsiz mahsulot. Sifatli sosiskalar unchalik ham ishtahaochar ko’rinishda bo’lmaydi. Ular kulrang va pushti rangda bo’ladi. To’q sosiskalar, unga qo’shimcha moddalar qo’shilganligidan dalolat beradi.
5. Ularni kesib ko’ring. Sifatli sosiskalar kulrang-pushti rangda bo’lib, kesilganda bir tekis kesilishi kerak. Ichi bo’sh yoki shishgan sosiskalar unga ko’p suv qo’shilganligidan darak beradi.
6. Sosiskalarni pishirib ko’ring. Agar pishirish jarayonida sosiskalar shishsa, demak bu unga kraxmal qo’shilganidan dalolat beradi. Bu albatta organizm uchun zararli emas, lekin ishlab chiqaruvchi go’shtni tejab, quyultiruvchi moddalardan foydalanganliidan dalolat beradi. Agar, sosiskalarni qaynatgan suvingiz pushti rangga kirsa, demak uni tayyorlashda bo’yoqlardan foydalanilgan: ular bolalarda allergiyani chaqirishi mumkin. Sosiskalarni qovursangizda, ular yorilsa yoki bujmayib qolsa – bu unga ko’p suv va karragen, ya’ni organizmga zarar yetkazuvchi qo’shimcha qo’shilganidan darak beradi.
7. Ta’miga baho bering. Hammaning ta’bi har xil, lekin hamma uchun deyarli bir xil majburiyat bor: sosiskalar juda ham sho’r bo’lmasligi, yoqimsiz hidga ega bo’lishi, ziravorlar esa tabbiy go’sht ta’mini o»zgartirmasligi kerak.
To’g’ri saqlash
Sosiskalarni sovutgichda yoki muzlatgichda saqlash kerak. Shuni eslab qoling, usti yelim qog’ozli sosiskalar ko’proq muddatgacha saqlaniladi, usti hech narsasiz sosiskalar esa ko’pi bilan 3 kecha-kunduzgacha saqlaniladi. Yaxshi qadoqlangan sosiskalar sovutgichda 5-6 kungacha, vakkum qadoqdagilari esa bir necha haftalargacha yaxshi saqlanadi.
Muzlatgichda esa ularni kamida bir oygacha saqlashingiz mumkin.
Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkin
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda ularni hajmiga qarab 11 990 dan 37 990 so’m narxgacha sotib olishingiz mumkin
Arba.uz internet do’konida esa ular 7 990 dan 27 685 so’m narxgacha turadi.
*Korzinka.uz tarmog’idagi supermarket xodimlariga tasvirga tushirish jarayonida ko’maklashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.