Mikroto’lqinli pechda shokolad eritish
Shokoladi mikroto’lqinli pechda eritish juda ham oson bo’lib, faqatgina bir necha qoidalarga amal qilish kerak. Bunday usulda shokolad eritish sizdan ko’p vaqt talab qilmasdan qolmay, ko’pgina idishlarni yuvish kabi muammolardan xalos etadi.
Eritilgan shokolad bilan tortlarni bezatish, meva va yong’oqlar ustiga quyish, muzqaymoq va yana ko’pgina pishiriqlarga surtib bezatishda ham ishlatiladi. Biz shokoladni bir necha usulda eritmoqchi bo’ldik, birinchi ishni esa LG mikroto’lqinli pech yordamida eritishga qaror qildik va bir pastda qilib bo’ldik.
Idishni to’g’ri tanlaymiz
Shokolad tagi olmasligi uchun ham to’g’ri idishni tanlash katta ahamiyatga ega. Biz tanlagan idish mikroto’lqinli pechda bir necha daqiqa qo’yilganda ham sovuq yoki sali iliqroq bo’lib turishi shart. Shokolad eritilgandan so’ng idish issiq bo’lsa, unda bu shokoladning tagi olishiga yoki o’z holatini yo’qotishga olib keladi.
Shokolad eritish uchun asosan shisha idishli yoki chinnili qalin idishlar kerak bo’ladi. Eslab qoling: shokolad solinadigan idish ham, uni aralashtiradigan qoshiq ham batamom quruq bo’lishi kerak. Gap shundaki, shokoladga hattoki bir tomchi suv tushsa ham shokolad uyumlarga ajralishi yoki umuman qattiqlashib qolishi mumkin. Bunday shokoladdan glazur sifatida foydalanib bo’lmaydi
Shokoladni tanlaymiz
Mikroto’lqinli pechda eritish uchun iloji boricha o’zida ko’proq kakaoni saqlovchi shokoladdan foydalaning: u sutli va oq shokoladdan farqliroq sekin eriydi va kuyib qolish xavfi ham kamroqdir.
Oq shokolad tezda eriydi, shuning uchun ham uni mikroto’lqinli pechda eritish yaxshiroqdir. Sutli shokolad bilan ham shunday ehtiyot bo’lish kerak, eritish jarayonida uni olib, bir necha bor aralashtirib turish tavsiya qilinadi. G’ovakli yoki asosli shokoladlarni eritish tavsiya qilinmaydi: ichidagi g’ovak yoki har xil asoslar sabab ham, shokolad erib silliq holatga kirmaydi va uyumlashib qolishi mumkin.
Eritish harorati va vaqti
Shokoladni sovutgichdan oliboq birdan eritish yaramaydi — haroratning keskin o’zgarishi nojo’ya ta’sir qiladi. Uni bo’laklarga bo’lib, nir necha soat xona haroratida qoldirganingizdan so’nggina eritish tavsiya qilinadi.
Shokoladni past darajada eritish kerak – «razmorozka» ya’ni eritish tartibida eritish tavsiya qilinadi. Oq va sutli shokoladni eritayotgan vaqtingiz har zamonda uni olib aralashtirib turishingizga to’g’ri keladi, chunki bunday shokoladlar juda ham tez eriydi.
Shokoladni taxminan 10-15 soniya eriting, so’ng olib aralashtirinda yana eritishda davom eting. Shokolad oxirigacha erigunicha aralashtiring.
Shokoladni eritish uning miqdori va sifatiga ham bog’liq.
- 30-50 gramm shokolad taxminan 1 daqiqa davomida eriydi
- 100 gramm— 1.5 – 2 daqiqa davomida eriydi
- 450-500 gramm shokolad 3.5 – 4 daqiqa davomida eriydi
Bizning LG mikroto’lqinli pechimizda shokolad eritish tugmasi mavjud. Unda biz shokoladni qo’yamiz va shokoladni eritish tugmasini bosamiz, eritish vaqtini esa o’zi tanlaydi. Bu juda ham qulay va osondir.
Duch kelishingiz mumkin bo’lgan muammolar
- Shokolad uyumlarga ajralib qolishi, ustida oq dog’lar paydo bo’lishi yoki parchalarga ajralishi mumkin.
Bu siz uni juda yuqori darajada eritganingiz yoki uzoq vaqt ushlab turganingizdan dalolat beradi. Uni qutqarish mumkin: idishga bo’laklarga bo’lingan shokoladni solasiz va ustidan sariyog’ yoki o’simlik yog’i solib aralashtirasiz. So’ng uni qayta mikroto’lqinli pechga qo’yib eritasiz. Shuningdek iliqroq haroratdagi qaymoqdan ham solsangiz bo’ladi.
Yana bir holat mavjudki, eritilgan shokoladingiz qumoq-qumoq holatga kirib qolishi mumkin. Bu esa sifatsiz mahsulot ekanligidan dalolat beradi. Bunda uni tiklashning afsuski umuman iloji yo’q. Lekin bunday shokoladlardan keks yoki brauni pishirsangiz ham bo’ladi. Tanlovda adashmang!
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.