Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulot: Bounty kremli pastasi
Bugun yangi mahsulot – Bounty kremli pastasi bilan sizlarni tanishtirib o’tamiz. Qayerdan qancha narxga sotib olish mumkinligini bizning ma’lumotda o’qib olishingiz mumkin.
Toshkentning ayrim supermarketlarida yaqindagina yangi mahsulot – Bounty kremli pastasi sotuvga chiqdi. Biz esa har doimgi
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz:
Ta’mi
Shirinlikni sevuvchilar uchun bu ajoyib topilmadir. Bounty va Raffaello kokosdan tayyorlanilgan shokoladlarni yoqtiruvchilarning sevimli shirinligiga aylanishi aniq. Bu pasta quyuq bo’lib, ta’mi xuddi Rafaello ichidagi asos bilan deyarli bir xil.
Qadog’i
Bounty pastasini yeryong’oqli va shokoladli pastalar ichida ajratib olish juda ham oson. Shisha idishda qadoqlanib usti qora rangli plastmassa bilan yopilgan. Qopqog’ini ostidan zar qog’oz bilan yopilgan. Bitta banka o’zida 200 gramm mahsulotni saqlaydi.
Tarkibi
Shakar, raps yog’i, kakao yog’i, palma yog’i, quruq sut kukini (11% li), sutdan ajratib olingan yog’, kakos qirindisi, laktoza, emulgator (letsinin). O’zida o’rmon yong’og’i yoki bodomni saqlashi mumkin.
100 gr mahsulot quyidagilarni o’zida saqlaydi: uglevodlar – 54,5 gr; oqsillar – 2,8gr, yog’lar- 39,7 gr
Energetik quvvati: 100 gramm mahsulot 589 kKal ni tashkil qiladi.
Qanday saqlash kerak
18-22 darajadagi xona haroratida saqlashga mo’ljallangan, sovutgichda saqlash mumkin emas. Qadog’i ochilgandan so’ng ko’pi bilan 8 haftagacha iste’mol qilish kerak. Дата изготовления указана на крышке.
Narxi
Makro tarmog’idagi supermarketlarda kichkina bankachasi 41 990 so’m turadi.
Xulosa
Noodatiy va ajoyib shirinlik. Bu pasta nashriyotimiz xodimlariga juda yoqdi. Har xil pechenyelarga surtib yeyishga ham juda yaxshi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.