Shokoladni suv bug’ida va gaz pechida to’g’ri eritish
Shokoladdan ko’pgina tort va shirinliklarni ustini bezatishda foydalaniladi, pechenye va mevalarga qo’shib iste’mol qilinadi. Quymoqlarga ham topping sifatida undan foydalaniladi. Shuning uchun ham uni to’g’ri eritish juda muhimdir.
Shokoladni bir nechta usulda eritsa bo’ladi. Bugun biz ularning ikki turi haqida gapirib beramiz — sinab ko’ring va ko’nglingizga yoqqan usuldan foydalaning.
Suv bug’ida eritish
Bizningcha, bu eng ommabop usul. Agar sizda mikroto’lqinli pech yoki multivarka bo’lmasa, unda oddiy suv solingan idish sizga yordam beradi.
Idishni to’g’ri tanlaymiz
Shokolad eritish uchun bizga ikkta idish kerak bo’ladi (metall yoki issiqqa chidamli shisha idish). Siz ikkita sirlangan idishdan ham foydalanishingiz mumkin, biri – katta, ikkinchisi esa – kichikroq. Katta idishga suv solamiz va ikkinchisini ustidan qo’yamiz. Kichkina idish suvga teginib turishi kerak.
Shokoladni tanlaymiz
Hamma shokolad ham eritilgandan so’ng silliq va yaltiroq ko’rinishga kirmaydi. 50 % dan kam bo’lmagan kakaoni o’zida saqlovchi achchiq va qora shokolad bu borada qo’l keladi. Agarda siz sutli shokoladdan foydalansangiz, u holda u o’zida 35 % dan kam bo’lmagan shokoladni saqlashi kerak. Oq shokoladni ham suv bug’ida eritish mumkin. Faqatgina ehtiyot bo’lish kerak: oq shokolad tez erib, darrov tagiga oladigan juda nozik mahsulot.
Har xil qo’shimcha va tayyorlanish texnologiyasi sabab ham serg’ovak va asosli shokoladlarni eritish biz kutgan natijani bermaydi. U bir xil silliqlikda erimaydi va hattoki qattiq uyumlarga ajralishi mumkin.
Shokoladni eritamiz
Suv solingan idishni gaz ustiga qo’yamiz va qizdiramiz. Qaynash darajasiga yetkazish shart emas. So’ng olovni o’chiramiz va shokolad bo’lakchalari solingan idishni ustiga qo’yamiz.
E’tibor bering: sovutgichdan olingan shokoladni darhol eritib bo’lmaydi. Shokolad xona haroratida bo’lishi kerak, aks holda u biz kutgan natijani bermaydi.
Shokoladni erishni boshlagunicha suv bug’ida ushlab turish kerak. Agarda idishdagi suv sovib qolsa, unda gazni yana yoqamiz. Suv qaynamasligi shart. Shokoladni muntazam kovlab turish kerak.
Agarda erigan shokolad juda quyuq bo’lsa, unda bir bo’lak sariyog’ yoki bir necha qoshiq iliq qaymoq solib aralashtiring. Shokolad erigandan so’ng olamiz va yaxshilab aralashtiramiz.
Nimani nazardan qochirmaymiz?
- Shokoladli idish ichiga suv sachramasligi kerak, aks holda issiqlikdan shokolad qattiqlashib, qotib qolishi mumkin. Agarda, shunday bo’lib qolsa, bunday shokoladni quyidagicha tiklasa bo’ladi: sariyog’ qo’shib yaxshilab aralashtirasiz va eritasiz. Ammo bunday shokoladdan endi glazur sifatida foydalanib bo’lmaydi.
- Suv qo’shib bo’lmaydi. Suv shokolad tarkibini buzadi va yaltirashini yo’qotadi.
Gaz pechida
Agar siz shokoladni iloji boricha tezroq eritmoqchi bo’lsangiz-u sizda mikroto’lqinli pech mavjud bo’lmasa, unda shokoladni gaz pechi ya’ni duxovkada eritishingiz mumkin. Bu sizdan ko’pi bilan 10 daqiqa vaqt talab qiladi.
Shokoladni eritamiz
Sizga issiqqa chidamli idish kerak bo’ladi — metall yoki shisha idish, sirli idishlar ham to’g’ri keladi. Xona haroratidagi shokoladni olib, bo’lakchalarga bo’lasiz yoki qirg’ichdan o’tkazib eritishga qo’yasiz.
Gaz pechini ko’pi bilan 60-65 darajagacha yoqasiz yoki umuman pastlatib qo’yasiz, shokolad solingan idishni duxovkaning eng tepa qismiga qo’yasiz. 3-4 daqiqa o’tgandan so’ng shokoladni olib aralshtirib olamiz. 100 gramm shokolad taxminan 10 daqiqada eriydi. Bu vaqt mobaynida 2-3 marotaba aralashtirib turiladi, o’shanda issiqlik bir maromda tarqaladi.
Nimani nazardan qochirmaymiz?
- Shokolad solingan idishning usti yopilmaydi, aks holda idish osti bug’lanib, suv shokolad ichiga tushadi va bu shokolad tarkibini buzadi.
- Gaz pechini haddan tashqari qizdirib yubormang, bunday holatda shokolad uyumlarga ajralib, achchiq va yoqimsiz ta’mga kirib qoladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.