Do’kon peshtaxtalaridagi qiziqarli mahsulot: Shokolad
Shokolad – bu katta-yu kichik birdek sevib iste’mol qiladigan shirinlikdir. Bugun shokoladni to’g’ri tanlash, qayerdan qanchaga sotib olish mumkinligi haqida ma’lumotlar berib o’tamiz.
Do’konlarda shokoladlarning turi juda xilma-xildir. Ular narxi, ishlab chiqarilgan davlati, tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Shokoladning ta’mi nimaga bog’liqligi va uning foydali xususiyatlari qanday? Kelinglar, birga bilib olamiz!
To’g’ri tanlash
1. Belgisiga qarang. Shokolad ГОСТ ko’rsatma asosida tayyorlangan bo’lishi kerak, texnik muhitda emas. Texnik muhitni har bir ishlab chiqaruvchi o’zi xohlagandek qiladi, shuning uchun ham bunday shokolad tabiiy bo’lmasligi ham mumkin, bunday shokoladlar foydali emasligi aniq. Davlat standartida esa ishlab chiqaruvchi shokoladga qo’shadigan barcha masalliqlarni ko’rsatib o’tishi shart, hattoki qandaydir qo’shimchalar bo’lsa ham, hammasi ko’rsatiladi.
2. Turiga e’tibor bering. Achchiq shokolad o’zida ko’p miqdordagi kakaoni saqlashi sabab ham eng mazali va foydali shokolad sanaladi. Bunday shokolad taxirroq ta’mga ega bo’lib, ular charchoqni oladi, xursandchilik bag’ishlab, qon aylanishini yaxshilaydi. Organizmga bunday ta’sir ko’rsatishi kakao tarkibidagi triptofan va aminakislotalarga bog’liq ekan. Sutli shokolad shirinroq bo’lib, unchalik ham foydali emas, ammo shunday bo’lsada u eng ommalashgan shokolad turlaridan hisoblanadi.Oq shokolad yog’liroq bo’lib, boshqa shokoladlarga nisbatan kaloriyasi kuchliroq hisoblanadi.
3. Tarkibini yaxshilab e’tibor bering. Shokolad tarkibidagi mahsulot soni qanchalik kam bo’lsa, shokolad shunchalik mazali va foydali sanaladi. Shokolad quyidagilardan tarkib topgan bo’lsa ayni muddao: kakao, kakao yog’i, shakar. Sutli shokolad esa – qaymoq yoki quritilgan sutdan. Oq shokolad faqatgina kakao yog’idan iborat bo’lib, unda kakao bo’lmaydi. Haqiqiy tabiiy shokolad tarkibida albatta shokolad bo’lishi shart. Agarda siz shokolad tarkibida kakao-kukuni yoki kakao vella degan masalliqqa ko’zingiz tushsa, unda bilib olingki, kakao yog’i siqib olinadi, qolgani esa ana shunday shokoladlarga qo’shiladi. Agar siz sifatli shokolad tarafdori bo’lsangiz, unda tarkibi faqatgina kakao yog’idan iborat bo’lgan shokolad xarid qiling. O’simlik yog’lari qo’shilgan shokolad esa, yuqori sifatli deb hisoblanilmaydi.
4. Quyuq-suyuqligiga e’tibor bering. Shokoladni uyga olib kelganingizdan so’ng, rangiga e’tibor bering. Haddan tashqari och rangli shokolad tarkibida soya borligidan darak beradi. Bu, albatta, zararli emas, ammo hech qanday ta’mni ham bermaydi. Sifatli shokoladni bo’lganingizda, qarsillagan ovoz chiqadi va uvalanib ketadi, agar bunday bo’lmasa, unda unga stablizator va quyultiruvchi moddalar qo’shilgan bo’ladi.
5. Shokoladning erishiga e’tibor bering. Shokoladi 31 – 35 darajalarda eriydi. Demak, u og’zida tez eriydi, qo’lda ushlab turganingizda ham xuddi shunday. Bu kakao yog’i hisobiga amalga oshadi. Shokoladni tishlasangiz-u og’zingizda erimasa, demak uning tarkibiga o’simlik yog’lari qo’shilgan bo’ladi.
6. Qadog’iga va saqlash muddatiga e’tibor bering. Sifatli shokolad 8 oydan ko’p saqlanilmaydi. Agar qadog’ida uzoqroq saqlash muddati ko’rsatilgan bo’lsa, demak shokoladga konservantlar qo’shilgan. Nima bo’lgan taqdirda ham yangi muddatli shokoladdan xarid qiling va ular zar qog’ozga o’ralgan bo’lsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
7. Shokoladdagi oq dog’lardan qo’rqmang. Bunday shokolad yoqmasligi aniq, lekin bunday dog’lar faqatgina noto’g’ri saqlangan shokoladdan darak beradi. Shokolad o’ta issiq joyda, yoki juda ham sovuq holatda saqlangan. Bundan hech ham qo’rqish kerak emas.
To’g’ri saqlash
Shokoladni saqlash uchun eng maqbul daraja 16 dan 20 C. Saqlash joyi quyosh nuri tushmaydigan salqin joy bo’lsin. Shokolad esa qadoqlangan bo’lishi kerak.
Shokoladlar o’ziga boshqa hidlarni darrov singdirib oladi, ayniqsa oq shokolad. Shuning uchun ham ularni zich yopiladigan o’ramda saqlash kerak.
Agarda siz shokoladni uzoqroq muddatda saqlamoqchi bo’lsanigiz, unda ularni muzlatgichga solib qo’ying. Bunday holatda shokoladning foydali xususiyatlari bir necha yilgacha salanib qoladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin
- Korzinka.uz supermarketlarida plitkali shokoladlar 7 690 so’mdan 21 590 so’mgacha turadi.
- Makro tarmog’idagi supermarketlarda esa ular 6 590 dan 40 990 so’mgacha turadi.
*Korzinka.uz va Makro tarmog’idagi supermarketlari xodimlariga tasvirga tushirish jarayonida ko’maklashganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz!
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.