Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulot: Musaffodan eritilgan sariyog’
Bugungi mavzu Musaffodan eritilgan sariyog’ bo’lib, bu yangi mahsulot haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz.
Eritilgan sariyog’ qadimdan buvilarimiz tomonidan tayyorlanib kelingan va bu sariyog’ni bilmaganlar ichimizda topilmasa kerak. Bu sariyog’ning hidi ayrimlarga yoqmasa ham, lekin foydaliligi bilan dong qozongan. Ayniqsa tomoq og’riganda bir piyola sutga bir qoshiq solingan eritilgan sariyog’ tomog’ingizni bir pastda yumshatadi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz:
Supermarketlarda aylanib yurib, ko’zimiz yangi mahsulotga tushdi. Qiziquvchanligimiz sabab ham befarq bo’la olmadik va shu mahsulotdan sotib oldik. Musaffo savdo belgisi ostida ishlab chiqarilgan bu eritilgan yog’ yorqin rangli va sifatli ko’rinishga ega bo’libgina qolmasdan, tabiiy mahsulot ekanligi ko’proq yoqdi.
Ta’mi
Mahsulotdan hech qanday yoqimsiz hid kelmaydi.
Qadog’i
Eritilgan sariyog’ plastik idishga solinib, usti karton qog’ozda qadoqlangan. Mahsulotning og’irligi 180 gramm. Plastik qopqog’i ostidan himoyalovchi zar qog’oz bilan yopilgan.
Tarkibi
Tarkibi faqatgina eritilgan sigir yog’idan iborat.
100 gramm mahsulot o’zida quyidagilarni saqlaydi: иyog’lar – 99 gramm, uglevodlar – 0,3 gramm, oqsillar – 0 gramm.
Energetik quvvati: – 892 kKal.
Qanday va qancha muddat saqlash kerak
Idishi yopiq holda mahsulotni sovutgichda 60 kecha-kunduzgacha, muzlatgichda esa 90 dan 120 kecha-kunduzgacha saqlanadi.
Narxi
Makro tarmog’idagi supermarketlarda bunday yog’ 11 590 so’m turadi.
Xulosa
Bu sariyog’ juda foydali bo’lib qolmasdan, mazali hamdir. Undan ko’pgina ovqatlarga solib ishlatsa bo’ladi. Masalan shirchoy va patir nonga solib pishirilsa, ayniqsa bu yog’da tuxum qovurilsa, ta’mi juda mazali chiqadi.
*Mahsulot narxi manba yaratilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.