Apelsin haqida 9 ta qiziqarli ma’lumotlar
Yorqin rangli, xushbo’y, juda foydali bo’lgin apelsinlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berishni boshladik.
1. Apelsin ilk bor eramizdan avvalgi 2 400-yillarda aniqlanilgan. Apelsin birinchi bo’lib Xitoyda paydo bo’lgan bo’lib, bu meva mandarin va pomeloning chatishmasidan hosil bo’lgan deb taxmin qilinadi.
2. Yevropaga esa apelsinni portugaliyalik sotuvchilar olib kirishgan. Bu meva yevropaliklarga yoqmagan va ular o’zlari issiqxonalarda apelsin yetishtirishga qaror qilishgan. Aytgancha, bu mevaning nomlanishi gollandcha «appelsien» so’zidan olingan bo’lib, xitoy olmasi degan ma’noni bildiradi.
3.Apelsinning po’sti – yashil rangda bo’ladi. Agar apelsin issiq mamlakatlarda yetishtirilsa, uning ichi tillarangda, po’sti esa yashil rangda bo’ladi. Agarda ularga quyosh nurlari yetarlicha bo’lmasa, ular bizlar ishlatadigan apelsin rangga kiradi. Tarkibidagi xlorofil bu mevaga yashil rang beradi, faqatgina etilen bilan qayta ishlangandan so’ng yoki sovuq urgandagina ular to’q sariq rangga kirishadi.
4. Apelsinning navel deb ataluvchi ajoyib navi ham uchraydi. Bu navdagi apelsin inson kindikiga o’xshab ketadi. Hoynahoy siz qachondir apelsin sotib olayotganingizda unda aylana shaklchaga ko’singiz tushgandir. Ularni rad vqiilishga shoshilmang, bunday aylanalar qanchalik katta bo’lsa, bunday apelsinlar shunchalik shirin bo’ladi.
5. Apelsinning hidi – ko’pchilikni maftun qiladi. U hid jihatidan dunyoda shokolad va vanildan keyingi o’rinda turadi.
6. Kaliforniyada vanna qabul qilayotgan paytda apelsin iste’mol qilish ta’qiqlangan. Bu g’alati qoidaning sababi oddiy ekan: Apelsin sharbati (to’g’rirog’i undagi kislota) bilan vanna uchun mo’ljallangan yog’lar aralashuvi portlashni keltirib chiqarishi mumkin ekan.
7. Fanda apelsinlar rezavor meva deb hisoblanadi. Aniqlanilishicha, barcha apelsinlarning ichi 10 ta pallachalargaga ajralgan ekan. Qiziq, buni aniqlash uchun olimlar nechta apelsindan foydalanishgan ekan?
8. Apelsin yog’larni eritishda yordam beradi. Shuning uchun ham vazniga e’tibor beruvchilar bu mevani sevib iste’mol qilishadi, chunki u ozdirish xususiyatiga ega. Faqatgina boshqacharoq usulda ishlatishadi: apelsin sharbatini yog’li ovqatlarga qo’shishadi. Yamaykada apelsin sharbati bilan pollarni artishar ekan, bunga nima deysiz?!
9. Apelsin qadimda xudolar mevasi deb hisoblangan. Gerakl haqidagi qadimiy afsonalarni eshitganmisiz? Afsonalardan birida u Atlanta bog’idan gesperid olmasini o’g’irlagan edi. Ana shu olmalar aslida apelsin mevasi ekan.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.