Kivi to’g’risida 9 ta qiziqarli ma’lumotlar
Nordongina va mazali bo’lgan kivi ko’pchilik bolalarga ham kattalarga ham juda yoqadi. Lekin bu mevaga nima uchun bunday nom berilganini bilasizmi? Kivi haqida qiziqarli ma’lumotlardan xabardor bo’ling va hayratlaning!
1. Kivini turlicha nomlashadi. Uning vatani Xitoy bo’lib, u rezavor meva krijovnikni eslatganligi uchun ham, 20-asrgacha uni «xitoycha krijovnik» deb atashgan. Ustidagi tukchalari sababli ham uni Xitoyda yana «maymun shaftolisi» deb ham atashgan. Hozirgi nomda u Yangi Zelandiyada atay boshlashgan. Mamlakat sovuq urush davrida bu meva uchun ortiqcha soliq to’lashni istamagan, va shu tufayli ham bu mevaga o’xshaydigan qushcha nomiga atab kivi qo’yishgan. Bu kichkina qushcha kiviga juda o’xshab ketgan.
2. Kivi – ko’paytirish mahzuli. Taxminan 80 yil avval bu meva juda bemaza ta’mda bo’lgan, faqatgina yangi zelandiyalik fermerlarning izlanishlari va tajribalari sabab u hozirgi nordon, sersuv va yoqimli ta’mga kirgan.
3. Kivi – bu rezavor meva. Xitoyda bu rezavor meva imperatorlar tomonida ulug’lanilgan: undan afrodizyak sifatida foydalanishgan.
4. Kivi eng beor o’simliklardan biri hisoblanadi: uni qurt-qumursqalar yoqtirishmaydi. Lekin, kivi ob-havo o’zgarishlariga juda ta’sirchan bo’lib, sovuqqa chidamaydi, jazirama yozga u chidamsiz bo’lib, ildizlari doimo suvda bo’lishi kerak. Bunday vaqtda u bir kunda 5 litrgacha suv «ichadi».
5. Kivini 84% ini suv tashkil qiladi. Shu xususiyati va kaloriyasi pastligi sabab ham uni parhezbop mahsulotlar safiga kiritishni yoqtirishadi.
6. Kivi – juda foydali mahsulot. Ikkita o’rtacha hajmdagi kivi, apelsinga nisbatan ko’proq vitamin C ni saqlaydi, bitta bananda qancha miqdorda kaliy saqlansa, kivida ham shuncha miqdorda bo’lar ekan.
7. Kivining og’irligi qayd qilingan. Sifatli va maromiga yetib pishgan kivining og’irligi 70 grammdan 100 grammgacha bo’lishi kerak. Kivining yovvoyi turi esa taxminan 30 grammni tashkil qiladi.
8. Kividan jele tayyorlashni mushkulroq. Undagi fermentlar jelatinni parchalab tashlaydi va muzlashiga yo’l qo’ymaydi. Agarda kivining ustidan qaynoq suv quyilsa, undagi vitaminlar, shu bilan birga fermentlar ham parchalaniladi, shundagina jele qilsa bo’ladi.
9. Tillarang kivi ham mavjud. U kesilganda ichi yashil rangda emas, balki tillarangda bo’ladi. Bunday nav birinchi bo’lib 1992-yilda Yangi Zelandiyada aniqlangan. Qimmat turishiga qaramay, bu meva darrov ommalashib ketgan. Xitoyda esa kivining yangi: ichi qizil rangli navi ustida bir necha yillardan beri olimlar ish olib borishmoqda.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.