Oy uchun foydali mahsulotlar: yanvar
Mana qishning ikkinchi oyi ham boshlangan ekan, biz odatdagidek bu oyda eng kerakli va foydali mahsulotlar ro’yxatini berishda davom etamiz. Quyidagi manbada siz ularni qayerdan qancha narxga sotib olishingiz mumkinligi, foydali xususiyatlari haqida ma’lumotlar bilan tanishasiz.
Biz yanvarda mazali, to’yimli shuningdek foydali mahsulotlar iste’mol qilinishi kerak degan fikrdamiz. Chunki bu davrda organizm vitaminlarga muhtoj bo’ladi. Yorqin rangli apelsinlar, foydali karam, xushbo’y zanjabil sizlarga ijobiy kayfiyat baxsh etadi va sovuq qish kunlarida ham sizlarni isitib turadi.
Qizil boshli karam
Qizil boshli karam – bu oddiy karamning boshqacha ko’rinishidir. Uning barglari qattiqligi sabablimi u oddiy karamdek uncha ommalashmagan. Ammo bu karam ham juda foydali hisoblanadi: qizil boshli karam o’zida B, C, A, PP va boshqa ko’pgina vitaminlarni, temir, kalsiy, karotin, biriktiruvchi to’qima va fermentlarni saqlaydi. Aytgancha, qizil boshli karamda oddiy karamga nisbatan karotin moddasi 4 barobar ortiqroqdir. Xom qizil boshli karam qon bosimini pasaytiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi va yaralarni bitishini tezlashtiradi.
Bu karamni iste’mol qilishda faqatgina ikkta qarshi ko’rsatmalar bo’lib, bular karamga allergiyasi borlarga qaratilgan. Qorinni dam qilishi va juda kam holatlarda allergiya berishi mumkin. Bu karamda uglevodlar juda ham kamligi sababli ham, qandli diabetga chalingan bemorlarga ham iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
O’z qomatiga e’tibor beruvchilar uchun bu karamning kaloriyasi ayni muddao: 100 gramm mahsulot bor yo’g’i 26 kKalni tashkil qiladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
- «Kosmonavtlar» metro bekatidagi «Korzinkada»: 1 590 so’m kilosi
- Bo’z bozorda: 1 kilo 2 000 so’m
- Qo’yliq bozorida: 1 kilo 2 000 so’m.
Tuzlangan karam
Qaynatilgan kartoshka, nordongina karam, piyoz va o’simlik yog’iga to’yintirilgan salat – qishning sovuq kunlarida ayni muddao! Tuzlangan karam faqatgina mazali bo’lib qolmasdan, u yana foydali hamdir: achitish natijasida unda oddiy karamga nisbatan ko’proq vitamin va minerallar to’planadi.
U o’zida organizmdagi zararli bakteriya va viruslar bilan kurashish uchun kerak bo’lgan C vitaminini ko’p miqdorda saqlaydi. Tuzlangan karam ovqat haz qilishni yaxshilaydi, yurak va qon-tomir, shuningdek asab tizimlarini yaxshilab, qondagi shakar miqdorini kamaytirib, chanqoqni bostiradi.
Bu mazali yegulikka qarshi ko’rsatmalar ham mavjud. U oshqozon yarasi, o’t-tosh kassaliklari va yuqori qon bosimi kabi kassalligiga chalingan bemorlarga tavsiya qilinmaydi.
Bunday karam 100 gramm mahsulotda bor-yo’g’i 19 kKal ni tashkil qiladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
- Bo’z bozorda: kilosi 8 000 so’m
- Qo’yliq bozorida: kilosi 6 000 dan 8 000 so’mgacha.
Kivi
Kivining o’ziga xos ta’mi hammaga ham yoqmaydi: unda limon, ananas, krijovnik, banan va boshqa mevalarning ta’mi uyg’unlashgan. Agarda kiviga allergiyangiz bo’lmasa iste’mol qilishingiz mumkin, chunki kivi juda ham foydalidir. Kivi o’zida С, А, РР va В guruhi vitaminlarni, antioksidantlarni, kalsiy, magniy, kaliy, rux, marganes, fosfor va shu kabi boshqa minerallarni saqlaydi. Kivi oshqozon-ichak traktida juda foydali bo’lib, u immunitetni mustahkamlab, shamollashga qarshi kurashadi. Shuningdek u qondagi xolesterin moddasini pasaytiradi, terini yaxshilab, soch va tirnoqlarni mustahkamlaydi. Aytgancha, kivi sizni oshqozondagi og’irlikdan ham xalos etadi.
Kivi oshqozon yarasi va ichaklarning shamollashida ta’qiqlanadi. U ovqat hazm qilishi buzilganda, buyrak kasalliklarida va albatta allergiyasi borlarga umuman ta’qiqlanadi.
Kivining 100 gramm mahsulotdagi bor yo’g’i 26 kKalni tashkil qiladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
- «Kosmonavtlar» metro bekatidagi «Korzinkada»: kilosi 20 990 so’m dan 22 790 so’mgacha
- SamPI dagi «Makro» da 20 990 so’m
- Bo’z bozorda: kilosi 20 000 so’m
- Qo’yliq bozorida: kilosi 15 000 so’mdan 17 000 so’mgacha turadi.
Apelsin
Sersuv va xushbo’y apelsinlar – qishda kayfiyatni ko’taruvchi eng yaxshi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Bu meva vitamin va minerallarga juda boydir. Vitaminlarning ko’pi apelsinnig oqimtir po’stidagi qavatida saqlanadi – afsuski uni ko’pchilik archib tashlaydi. Masalan unda oshqozon uchun juda foydali bo’lgan pektin moddasi mavjud. Apelsin avitaminozda, shamollashda juda foydali bo’lib, immunitetni ko’tarib, qon-tomir va asab tolalarini mustahkamlaydi. Shuningdek apelsindagi moddalar suyak to’qimalarini mustahkamlab, yorilishlar bitishini tezlashtiradi.
Agarda sizni oshqozon-ichak yarasidan aziyat cheksangiz, u holda bu mevani iste’mol qilish yaramaydi. Bundan tashqari apelsinda ko’p miqdorda shakar saqlanganligi sababli ham uni qandli diabetga chalinganlarga iste’mol qilish ta’qiqlanadi. Shuningdek u allergiyasi borlarga ham tavsiya qilinmaydi.
100 gramm mahsulot 40 kKalni tashkil qiladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
- «Kosmonavtlar» metro bekatidagi «Korzinkada»: 15 990 dan 18 590 so’mgacha kilosi
- SamPI dagi «Makro» da 14 490 dan 17 490 so’mgacha
- Bo’z bozorda: kilosi 18 000 so’m
- Qo’yliq bozorida: kilosi 14 000 so’m.
Mandarin
MAndarinlar mavsumi davom etadi. Bu ajoyib meva ishtahani ochib, organizmni organik kislota va vitaminlar bilan to’yintiradi. Mandarin mikroblarga qarshi kurashib, shamollashni yengillashtiradi. Shuning uchun shamollaganda undan ko’proq iste’mol qilish kerak. Mandarinda oqsil mavjud bo’lib, u tez hazm bo’ladi.
Mandarinni iste’mol qilish allergiyasi bor insonlarga, oshqozon kassalligiga chalingan undagi kislota yuqori insonlarga iste’mol qilish ta’qiqlanadi.
Mandarinning kaloriyasi past bo’lib: 100 gramm mahsulot 53 kKal ni tashkil qiladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
- «Kosmonavtlar» metro bekatidagi «Korzinkada»: 9 990 dan 33 590 so’mgacha kilosi
- SamPI dagi «Makro» da 9 990 dan 22 790 so’mgacha
- Bo’z bozorda: kilosi 10 000 dan 20 000 so’mgacha
- Kadisheva bozorida: kilosi 10 000 dan 20 000 so’mgacha turadi.
Zanjabil
Yanvar oyida bizning organizm ko’proq vitaminlarga muhtoj bo’ladi. Shuning uchun apelsin va zanjabildan tayyorlangan qizdiruvchi choylarni iste’mol qilishning ayni payti. Bu xushbo’y ildiz shamollashda, asab tizimi buzilishida juda foydali hisoblanadi.
Zanjabilni jazirama yozda iste’mol qilish yaramaydi. U qonni suyultirib yuboradi, shuni esdan chiqarmang. Zanjabil oshqozon-ichak kasalliklarida, yurak-asab tizimlari buzilganda, o’t-pufakda toshlar yig’ilganda va nihoyat homiladorlik davrida iste’mol qilinmaydi.
Zanjabil kaloriyasi: 100 gramm mahsulotda 80 kKalni tashkil qiladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
- «Kosmonavtlar» metro bekatidagi «Korzinkada»: kilosi 32 390 so’m
- Bo’z bozorda: kilosi 60 000 so’m
Avokado
Avokadoni poytaxtimizdagi deyarli barcha yirik savdo shaxobchalaridan topishingiz mumkin. Avokado shirin bo’lmasa ham, lekin juda foydali meva hisoblanadi. U o’zida ko’p miqdorda E va B vitaminlarini, kaliy, fosfor, magniy, kalsiy, temir kabi moddalarni saqlaydi. Avokado tabiiy antioksidant bo’lib, qarishni sekinlashtiradi, xolesterinni kamaytirib oshqozon-ichak traktida yordam beradi.
Avokadoni kimlarga iste’mol qilish ta’qiqlanadi? Kim sitrus mevalarga allergiyaga moyilligi bo’lsa. Qanchalik g’alati eshtilmasin bu mevaning danagini iste’mol qilish yaramaydi: ular o’zlarida zararli toksinlarni saqlaydi.
Avokadoning kaloriyasi uning turiga ham bog’liq bo’lib, u o’rtacha 100 gramm mahsulotda 160 kKal ni tashkil qiladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
- «Kosmonavtlar» metro bekatidagi «Korzinka» da: 24 990 so’m donasi
- SamPI dagi «Makro» da 19 790 so’m bitta donasi.
*Narxlar manba yaratilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.