Yangilik: «Parma» dudlangan tovuq go’shti
Zira.uz sahifasi o’zining «Yangiliklar» bo’limida sizlarni Toshkent savdo shaxobchalari peshtaxtalarida sotuvga qo’yilgan yangi mahsulotlar bilan tanishtirib boradi. Bugun biz «Master delikatesov» ishlab chiqaruvchilaridan yangi mahsulot «Parma» nomli dudlangan tovuq go’shti haqida biroz gapirib bermoqchimiz.
Taassurotlarimiz bilan o’rtoqlashamiz:
Ta’mi
Mazasi xom dudlangan go’shtni eslatib, unga qo’shilgan ziravorlar esa xushbo’y, tovuq ta’mini buzmagan, ayniqsa unga o’zgacha yoqimli maza baxsh etgan.
Qadog’i
Tovuq go’shti vakumli yelim qog’ozga solingan bo’lib, ustidagi yorlig’ida mahsulot to’g’risida barcha ma’lumotlar ko’rsatilgan.
Tarkibi
Mahsulot tarkibi tovuq filesi va ziravorlardan iborat.
100 gramm mahsulot o’zida quyidagilarni saqlaydi: yog’lar – 5 gr; oqsillar – 14 gr.
Energetik qiymati: 101 kKal.
To’g’ri saqlash
15 sutkagacha saqlash mumkin. O’ramini ochmasdan sovutgichda 20 sutkagacha saqlasa bo’ladi.
Narxi
MD tarmog’idagi do’konlarda bunday filelar taxminan 150 grammdan o’ramlarda qadoqlangan. Bunday bo’lakchalarnin narxi 8 000 atrofida. Bu mahsulotning bir kilosi esa 53 300 so’m turadi.
Xulosa
«Parma» dudlangan tovuq go’shti kesilishi juda qulay bo’lib, undan pitsa va sendvichlarda foydalanishda ham juda qo’l keladi.
*Narxlar ma’lumot chop etilgan vaqtdagina amal qilinadi.