Goodveen nomidagi gullar uyi
Dizayner florist, Goodveen nomidagi gullar uyi asoschisi bayram stolini bezatishdagi o’zining g’oyalari bilan o’rtoqlashdi.
Bayram stolini qanday bezash, qanday bezaklardan foydalansa bo’ladi bularning hammasini dizayner Ruben Saakyan o’zining master-klassida ko’rsatib berdi. Biz ham u yerda bo’ldik va barcha olgan ma’lumotlarimizni to’liqligicha siz azizlarga ham yetkazamiz.
Bayram stoli eng asosiy, hammaning e’tiborini tortadigan joyligi uchun ham uni o’zgacha, chiroyli bezashni hamma ham xohlaydi. Bu borada o’zingizni sinashdan hech ham qo’rqmang. Bemalol qo’lingizga parlar, tab’iiy xom-ashyolar, bo’yoqlar-u o’yinchoqlarni olingda ishni boshlang. Faqatgina bezaklarning baland-pastligiga ehtiyot bo’ling.
«Yaratiladigan kompoziysiya stol atrofida o’tiradiganlarga halaqit bermasligi kerak. U ko’rkamlik baxsh etib, hattoki maqsadlaringizni bildirib turishi kerak. Masalan, bayramona kechki ovqat stoli tadbirkorlikdagi hamkorlaringiz uchun mo’ljallangan bo’lsa, stoldagi bezaklar jiddiyroq bo’lib, siznIng bu ishga tayyorligingizdan darak berib turishi kerak».
Bayram stolini bezatishda dizayner uch xil uslubni ko’rsatib berdi. Birinchisi: klassik uslub bo’lib, bunda u archa shoxchalari va o’yinchoqlaridan foydalandi. Ikkinchisi: zamonaviy uslub bo’lib, bu yerda u gullardan bezaklar yaratdi. Uchinchisi esa eng bayramona bo’lib, bu uslubda dizayner uzunuzun bezaklardan foydalandi. Bu jonli o’tgan darsda tashrif buyurgan mehmonlar o’zlarini qiziqtiruvchi barcha savollariga javob oldilar.