Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Pie Republikdan xandon pistali chizkeyk va sabzili shirinlik

Zira Pie Republicdagi yangi va juda mazali shirinliklar haqida gapirib beradi.
«Peshtaxtalardagi yangi mahsulotlar» bo’limimizda bizlar poytaxtimizdagi savdo shaxobchalariga sotuvga qo’yilgan yangi va qiziqarli mahsulotlar haqida gapirib beramiz. Bizlar Pie Republicning bosh oshpazi Laziz G’ulomov ijodiga mansub yangi shirinliklarini sizlarga ham tanishtirishga qaror qildik bilan sizlarni ham tanishtirishga qaror qildik. Xandon pistali chizkeyk va sabzili pirog, birga olib yurishga mo’ljallangan juda qulay idishlarda qadoqlanilgan.
Qadog’i
Ikkita shirinlik ham burama qopqoqli plastik idishlarda qadoqlanilgan. Mahsulot rangsiz bankalarda bo’lib, ichidagi pishiriqlar yaqqol ko’rinib turadi. Shu bilan birga plastik qoshiqchalar ham biriktirib qo’yilgan.
Tarkibi
Xandon pistali chizkeyk:
“Jokanda” xandon pista-bodomli biskvit, xandon pistaliu pishirilgan chizkeyk, ustidan pishloq-xandon pistali muss va olchali konfi.
Carrot sabzili pishirig’i:
Muss krem-chiz, oq shokoladdan ganash va sabzili sharbat, sabzi-yong’oqli biskvit, ustidan quritilgan sabzi bo’lakchalari.
Ta’mi
Xandon pistali shirinlik juda mayin bo’lib, krem-qaymoqli ta’m ufurib turadi va yeganda og’zingizda erib ketadi.
Sabzili pishiriq biskviti qarsildoq bo’lib, kremi esa aksincha, juda mayin. Bu ikki xil noo’xshashlik bir-biri bilan uyg’unlashgan.
Narxi
Xandon pistali chizkeyk – 19 500 so’m turadi
Carrot sabzili pishirig’i esa – 17 500 so’m turadi
Bu shirinliklarni Pie Republic maskanidan sotib olishingiz yoki My Taxi Express orqali buyurtma qilishingiz mumkin.
Xulosa
Bu original idishdagi shirinliklarni birga olib yurishga ham, birovga sovg’a sifatida taqdim qilishga ham juda yaxshi. Bu shirinliklar bizning tahririyat xodimlariga ham juda yoqdi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
2 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Iltimoooos pie republici medovikiniyam qililaaa
Assalomu aleykum, Pokiza! Xo’p, harakat qilamiz)