Peshtaxtalardagi mahsulotlar: Chocotella Dark – klassik shokoladli pastasi
Savdo shaxobchalarida aylanib yurib, Chocotella – qora shokoladli pastaga ko’zimiz tushdi. Oynayi jahonda uning reklamasiga ko’pchiligimizning ko’zimiz tushgandir balki.
Qiziqqon Zira undan ham xarid qildi va taassurotlari bilan hoziroq bo’lishadi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
O’zimizning O’zbekistonda ishlab chiqarilgan o’zimizning mahsulot – Chocotella, allaqachon barchamizga tanish bo’lib, uncha qimmat bo’lmagan narxi ko’pchilikni quvontiradi. Yaqindagina shu mahsulotning sutli shokoladdan tashqari, qora shokoladli yangi ko’rinishi iste’molchilarga taqdim etildi.
Qadog’i
Bu mahsulotni supermarketlarning peshtaxtalaridan topish oson. Shisha idishlarda qadoqlanilgan bu mahsulotning ustiga dark ya’ni qora deb yozilgan.
Tarkibi
Tarkibi: shakar, maxsus o’simlik yog’i, tabiiy kakao kukuni, yog’li va yog’siz quruq sut kukuni, litsetin soyasi, bir turdagi tabiiy aromatizator.
Ozuqaviy qiymati: 100 gr mahsulot quyidagilarni saqlaydi, yog’lar- 36 gr, oqsillar – 8,5 gr, uglevodlar – 48 gr.
Energetik quvvati – 100 gramm mahsulot 534 kKal ni tashkil etadi.
Ta’mi
Qora shokoladli pastadan kakao ta’mi ufurib turadi. Pastani iste’mol qilgandan so’ng, og’zingizda undan taxir ta’m qoldirmaydi.
Qanday va qancha muddat saqlash mumkin
Grissinlarni +18° dan yuqori bo’lmagan salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak. Ishlab chiqarilgan kundan boshlab 6 oygacha saqlash mumkin.
Narxi
Makro tarmog’idagi supemarketlarda mahsulot 14 500 so’m turadi.
Arba.uz internet sahifasida bu mahsulot 16 090 so’m narxda turadi.
Xulosa
Bu mahsulotning yangicha ta’mlisi, qora shokoladni xush ko’ruvchilar uchun ayni muddao bo’lib, ertalabgi nonushtaga nonga surtib yeyishga qulay bo’lib, kakao bilan to’yintirilgan ajoyib ta’mi esa hech kimni befarq qoldirmasligi aniq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.