Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulot: Calve Klassik mayonezi
Savdo shaxobchalarida aylanib yurib, Calve nomli mayonezga ko’zimiz tushdi va undan darrov sotib olib, baholamoqchi bo’ldik. Taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Calve Klassik mayonezi dozator qopqoqli bo’lib, yumshoq plastikda qadoqlangan.Mahsulotning ikki xil hajmdagi turlari mavjud bo’li: 400 gr va 200 gr li bo’lib, juda qulay. Bunday qadoqli mahsulotni sovutgichda saqlash ham juda qulay bo’lib, ko’p joyni egallamaydi.
Tarkibi
Tarkibi: suv, tozalangan va hidsizlantirilgan o’simlik yog’i, tuxum sarig’i, E1422 quyiltirgichi, shakar, oshxona sirkasi, tuz, kislotaviylikni moslashtiruvchi sut kislotasi, xushbo’y qo’shimchalar, tabiiyga yaqin xantal, sorbin kislotasi konservanti, ETDA kaltsiy-natriy aksil achitqisi, xantal kukuni, beta-karotin rang beruvchisi.
Ozuqaviy qiymati: 100 gr mahsulot quyidagilarni saqlaydi, yog’lar- 40 gr, oqsillar – 1 gr, uglevodlar – 5.7 gr.
Energetik quvvati – 390 kKal.
Ta’mi
Mayonez silliq ko’rinishda bo’lib, ta’mi yoqimli, sabzavotlar bilan aralashtirilganda, ularga ajoyib ta’m bag’ishlaydi.
Qanday va qancha muddat saqlash mumkin
Mayonezni +0° dan +18°C dan yuqori bo’lmagan salqin, quyosh nuri tushmaydigan joyda saqlash kerak. Ochilgandan so’ng esa faqat sovutgichda saqlash kerak.
Narxi
Korzinka.uz da «Calvi» mayonezlarini quyidagi narxda sotib olish mumkin:
Calve Klassik mayonezi 400 gr li qadog’i – 9 590 so’m
Calve Klassik mayonezi 200 gr li qadog’i – 5 490 so’m
Arba.uz xizmat ko’rsatish sahifasida esa:
Calve Klassik mayonezi 400 gr li qadog’i – 10 990 so’m
Calve Klassik mayonezi 200 gr li qadog’i – 6 300 so’m
Xulosa
Ko’pchilikka sevimli bo’lishga ulgurgan Calve nomi ostida ishlab chiqariladiga mayonezlardan tayyorlanilgan salatlar va taomlar albatta mazali chiqadi. Mahsulot qadog’ining juda qulayligi esa bekajonlarni xursand qilishi aniq.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.