Tvorog to’g’risida qiziqarli ma’lumotlar
Tvorog – kattayu-kichik uchun birdek foydali va mazali sut mahsulotlaridan biridir. Kalsiy manbai hisoblanmish bu mahsulotning foydali jihatlari haqida bugun sizlarga to’liq gapirib beramiz.
1. Tvorogni qadim zamonlardan beri tayyorlab kelishadi. Tvorogni ilk bor, qanday qilib, qachon tayyorlanilgani haqida aniq faktlar mavjud emas. Lekin, shunday taxminlar borki, sut achib qolib, tvorogga aylangan va insonlar tomonidan iste’mol qilinganda, bu ularga juda ham yoqqan. Shundan keyin esa ular tvorog tayyorlashga kirishganlar. Qadimgi Rimda ham tvorogni iste’mol qilib borishgan.
2. Qadimda tvorogni bir necha oylargacha saqlay olishgan. Tvorog uzoq muddatgacha saqlanilmasligi uchun ham, sovutgichlar hali bo’lmagan davrda qadimgi insonlar tvorogni «konservalashgan». Tvorogni pechda bir necha soatlar davomida pishirishgan, so’ng ustiga biron og’ir narsani qo’yishgan, so’ng tvorogni o’zini yana pechga qo’yib pishirishgan. Sopol ko’zachaga eritilgan sariyog’ni solib, ustidan tvorogni solishgan va shunday holatda bir necha oygacha saqlash mumkin bo’lgan.
Aytgancha, hozirda ham shunday mahsulotlar sotuvda mavjud bo’lib, lekin ular juda qimmat turadi.
3. Hamma tvorogli mahsulotlar ham foydali emas. Har xil tvorogli pishloqlar ya’ni siroklar, desertlar mazali bo’lgani bilan ularning foydasi deyarli yo’q. Chunki ularga har xil qo’shimcha moddalar qo’shiladi va tvorogning asl tarkibi buziladi.
4. Tvorog o’zida ko’p oqsilni saqlaydi. Tvorog go’sht iste’mol qilmaydiganlar uchun ajoyib yechim: oqsilning miqdori hisobidan tvorog qo’y, tovuq va baliq go’shtiga tenglashtiriladi.
5. Tvorog nimasi bilan foydali? U o’zida aminakislotalarni, sut kislotalarini, ko’pgina vitamin va minerallarni saqlaydi. Tvorog qon tarkibini yaxshilashga yordam berib, asab tizimi va suyaklarni mustahkamlaydi. Tvorogdan ajraladigan zardob ham juda foydali bo’lib, uni tashlab yuborishga shoshilmang. Chunki u o’zida B guruh vitaminlarini va ko’pgina minerallarni saqlaydi. Uni iching yoki tvorog bilan aralashtiring. Aytgancha, bunday zardobdan quymoq pishirsa ham bo’ladi..
6. Tvorogni haddan ziyod iste’mol qilish yaramaydi. Tvorog qanchalik foydali bo’lmasin, uni haddan ortiq yeyish ham zararli.Uni ko’pi bilan haftada 3-4 marta iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Tvorogni kechqurun iste’mol qilish tavsiya qilinadi, u tez hazm bo’lib, organizmni to’yintiradi.
7. Tvorogni saqlash qiyin. Tvorogni muzlatib bo’lmadi, aks holda uning barcha foydali xususiyatlari yo’qoladi. Tvorogni shisha, sirlangan yoki chinni idishga solib ustini yoping va ko’pi bilan 4 kun sovutgichda saqlang. Tvorog xona haroratida juda tez buziladi.
8. Tvorog tabiiy ekanligiga ishonch hosil qiling. Bu qiziqarli tekshiruvni bolalar bilan birga o’tkazishingiz mumkin: tvorogga bir necha yod tomchisidan tomizing va kutib turing. Agar yod va tvorog rangini o’zgartirsa, ya’ni ko’k rangga kirsa, demak bunday tvorogga kraxmal qo’shilgan. Agarda yod rangi o’zgarmay qolsa, demak bu tvorog tabiiy mahsulot. Tvorogga o’simlik yog’lari qo’shilmaganligini bilishning yo’li ham mavjud. Tvorogni 8-9 soatga ochiq holatda xona haroratiga qo’ying, agarda u sarg’ayib qolsa, demak unga har xil yog’lar qo’shilgan.
9. Tvorogdan ko’pgina taomlar tayyorlash mumkin. Tvorogdan nafaqat shirinliklar tayorlash mumkin, balki undan har xil pishiriqlar, vareniklar, toblatmalar va piroglar pishirish mumkin. Lekin bu hammasi emas, tvorogdan har xil salatlar tayyorlab, undan hattoki sho’rvalar ham qaynatishar ekan! Bunday taomlarni iste’mol qilganda, tabiiyki, organizm kerakli vitamin va mineralga to’yinadi, chunki tvorog pishganidan so’ng ham foydali xususiyatlarini saqlab qoladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.