Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulot: Danfor – yushatilgan pishlog’i
Bugun Zira sizlarga o’zimizda ishlab chiqarilgan, juda mazali – Danfor nomi ostidagi pishloqlar haqida gapirib bermoqchimiz.
Yorqin rangli, xorij mahsulotlaridan tashqi ko’rinishi umuman farq qilmaydigan bu mahsulot «O’zbekistonda ishlab chiqarilgan» degan yozuvi bilan bizni qiziqtirdi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Qadog’i
Danfor pishloqlarini sutli mahsulotlar tokchalaridan topishingiz mumkin. Yorqin rangli, plastik idishga solinib, usti karton qog’oz bilan yopilgan bo’lib, qadog’ida mahsulot to’g’risida to’liq ma’lumot mavjud. Banka usti ham plastik qopqog’ bilan, uning ostidan esa zar qog’oz bilan qadoqlanilgan. Bitta banka 250 grammni tashkil qiladi.
Turlari
Ishlab chiqaruvchi tomonidan pishloqning 3 xil ta’mli yangi ko’rinishlari taqdim qilindi: qaymoqli, shokoladli va qo’ziqorin ta’mli pishloq.
Tarkibi
Danfor yumshatilgan pishloqlari barchasining tarkibi bir xil: pishloq, brinza, tvorog, qaymoq, quruq sut, sariyog’, tuz. Ta’mi deyarli bir-biridan farq qilmaydi: qo’ziqorinli pishloqqa qo’ziqorin qo’shilgan, shokoladlili esa kakao kukunini o’zida saqlaydi.
Ta’mi
Pishloq yoqimli ta’mga ega bo’lib, yog’i ham tuzi ham me’yorda bo’lib, silliq konsistensiya nonga surtib yeyishda ham yoqimlidir. Qo’ziqorinli pishloqda qo’ziqorinlarning mayda bo’lakchalari ko’rinib turadi.
Shokoladli pishloq esa bizga juda ham yoqdi. Shokoladning mayin ta’mi pishloq ta’mini umuman buzmagan, aksincha unga qandaydir yoqimli ta’m bag’ishlagan.
To’g’ri saqlash
Qadog’i ochilmagan pishloqni 0 dan 4 haroratda, ochilgan mahsulotni esa albatta sovutgichda saqlash kerak.
Tarkibi
Qo’ziqorinli
100 gr mahsulot quyidagilarni o’zida saqlaydi: oqsillar – 27 gr va yog’lar- 15 gr
Energetik quvvati: 100 gramm mahsulot 285 kKal ni tashkil qiladi.
Shokoladli
100 gr mahsulot quyidagilarni o’zida saqlaydi: oqsillar – 13 gr, uglevodlar – 25 gr va yog’lar- 19,5 gr
Energetik quvvati: 100 gramm mahsulot 327,5 kKal ni tashkil qiladi.
Qaymoqli
100 gr mahsulot quyidagilarni o’zida saqlaydi: oqsillar – 14,7 gr va yog’lar- 28,8 gr
Energetik quvvati: 100 gramm mahsulot 318 kKal ni tashkil qiladi.
Narxi
Danfor pishlog’ining narxi 11 990 so’m turadi*.
Xulosa
Mazali va ajoyib mahsulot. Bu pishloqlar nashriyotimiz xodimlariga juda yoqdi. Har xil pechenyelarga, nonga surtib yeyishga ham juda yaxshi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.