Peshtaxtadagi qiziqarli maxsulotlar: IRBE dan «Odessacha forshmak»
Isroil oshxonasi – dunyodagi eng qiziqarlilaridan biri, va forshmak buni tasdiqlaydi. Forshmak – quymoq baliq va standart bo’yicha tayyorlangan olivyeni hotirlaydiganlarga yoqadigan gazak. Kutilmagan mehmonlar bilan ham juda yordam beradi. Uni ham tongda, ham kechqurun, xatto tunda ham iste’mol qilish mumkin – kaloriyasi, deyarli, yo’q.
Shuning uchun «Korzinka» peshtaxtalaridagi yangilik IRBE brendidan «Odessacha forshmak» ni ta’tib ko’rmasak bo’lmasdi.
Forshmak, aslida, nima, uni nima bilan iste’mol qilish mumkin, kayfiyat va qomatga qanday ta’sir qiladi, va nima bilan uyg’unlik yaratadi – bu savollarga javob qidiramiz.
Forshmak – bu nima
Forshmak – olma, sariyog’ va piyoz bilan birgalikda maydalangan seld balig’i filesi. Ko’rinishi pashtetga o’xshamaydi, bu yerda masalliqlar seziladi, bo’laklar mayda ammo pyuresimon emas. Forshmak – bu klassika, falafel bilan birgalikda yahudiy taomlarning asosidir. Agar forshmakni hech ta’tib ko’rmagan bo’lsangiz, birinchi tanishuvdan mamnun qolishingiz aniq.
Qadoq ichida nima
Birinchi ko’rinishda qadoq ichida pashtet deb o’ylash mumkin, ammo bunday emas. 220 gram hajmli qattiq plastik qadoq ichida seld balig’i ifori va yorqin ta’m seziladigan massa joylashgan.
Forshmakni pashtet kabi nonga surtib emas, balki non yoki grenka, hamda pishirilgan kartoshka bilan birgalikda iste’mol qilinadi. Uni petrushka shoxchasi bilan bezatib, alohida ham dasturxonga tortish mumkin. Baribir, barchaning diqqati forshmakda bo’ladi.
Forshmakning ta’mi
Forshmak asosi doim bir xil – yog’liq, mayda to’g’ralgan kam tuzli seld balig’i, qarsillagan nordon olma va sariyog’. Har pazandaning o’z usuli mavjud, ammo IRBE brendining forshmakida biz me’yoridagi uyg’unlikni his ettik: sho’rlik, nordonlik va olmaning qarsillashi – barchasi o’z o’rnida.
IRBE brendining forshmaki — bu eng sara seld balig’i. Tasavvur qiling: u yaxshilab tozalandi, mayda – ammo pyure xolatigacha emas, sezinarli bo’lakchalarga to’g’raldi, suvli olmalar, sariyog’ va piyoz bilan aralashtirildi. Bu lazzatli gazakni, albatta, o’zini qoshiqlab yeyish mumkin, ammo, issiq qovurilgan non bilan ta’tib ko’rishni tavsiya qilamiz.
Forshmak – to’yimli gazak, uning tarkibida seld balig’i umuman boshqa ta’mlar bilan ochiladi. Uning kaloriyasi oz, hamda foydali yog’lar va to’yingan kislotalarga boyligi sababli u parxezbop taomdir. Energetik quvvati – 243 kkal. Demak, bunday ajoyib gazak ham foydali bo’lib, qomatga ta’sir qilmaydi – asosiysi, uni kichik miqdordagi non bilan iste’mol qilish kerak.
Qanchaga va qayerdan sotib olish mumkin
2-16 fevral kunlari latviyaning IRBE brendidan «Odessacha forshmak» ni chegirma bilan – 34 990 so’mga sotib olish mumkin.
«Odessacha forshmak» «Korzinka» supermarketlarida sotiladi. Bu, korxonaning o’z importi bo’lganligi sababli, narxi baland emas.
Facebook: fb.com/korzinkauz
Instagram: @korzinkauz
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o’zbek tilida): t.me/korzinkauzb
Reklama huquqi asosida.