Do’kon peshtaxtalaridagi mahsulot: Banana Republic nomli quritilgan bananchalar
Yorqin ko’rinishli, noodatiy va yangi bir mahsulot Zira.uz nashriyot xodimlari diqqatini o’ziga tortdi. Banana Republic nomli bananli shirinlik haqida batafsil gapirib beramiz.
Quritilgan tropik mevalar so’zi bizni biroz o’ylantirib qo’ydi. O’rik qoqi, yong’oqlar, mayiz va shu kabi o’zimizning quritilgan mevalarning ta’mi tanishdir. Shuning uchun ham quritilgan banan qanday ta’mda bo’lishi bilan qiziqdik. Ishlab chiqaruvchining qayd etishicha, bu mahsulot quyosh nurida tabiiy usulda quritilgan.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz:
Ta’mi:
Mahsulot ta’mi bizga tanish bo’lgan o’rik qoqiga o’xshab ketadi, lekin yumshoq bo’lib, undan bananning hidi taralib turadi. Shokoladli banan bo’lakchalarini o’zimiz bilan birga olib yurish va iste’mol qilishda juda qulaydir.
Qadog’i
Supermarketlardan och ko’k rangdagi qadoqni qidiramiz. Bananchalar plastik qadoqda bo’lib, uni ochish va yopish juda qulaydir. Bananchalarning hajmi o’rtacha kattalikda bo’lib, yo’lda yeb ketishda yoki bolajonlarga berishda ham juda qulaydir.
Tarkibi
Tarkibi: quritilgan banan, glazur (shakar, kako yog’ini o’rnini bosuvchi modda, kakao kukuni, emulgator, soyali letisin, «Vanil» xushbo’ylantiruvchisi).
100 gramm mahsulot quyidagilarni saqlaydi: uglevodlar – 54,0 gr, yog’lar – 11,0 gr, oqsillar – 5,0 gr.
Energetik quvvati: – 100 gramm mahsulot 340 kKal ni tashkil qiladi.
Qanday va qancha muddatgacha saqlash mumkin
Saqlash muddati 12 oy. 21 darajadan yuqori bo’lmagan haroratda, quruq va qorong’u joyda saqlaniladi.
Narxi
Korzinka.uz tarmog’idagi supermarketlarda bu shirinlik 19 990 so’m turadi.
Xulosa
Noodatiy va ajoyib shirinlik. Bu mazali yegulik nashriyotimiz xodimlariga juda yoqdi. Uni ko’cha-kuyda, ishda, uyda va bolalarga maktabda iste’mol qilishlari uchun berib yuborishda juda qulay. Har xil yarim tayyor mahsulotlardan ko’ra, bu shirinlik foydaliligi bilan sizni quvontiradi.
*Mahsulot narxlari manba chop etilgan vaqtdagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.