Har xil asosli mazali quymoqlar
Har bir uy bekasining o’zining sevimli quymoq retsepti mavjud. Quymoqlar turli xil asosli bo’lishi mumkin: mevali, qo’ziqorinli, har xil go’shtli va hokazo.
Quymoqlar mazali nonushta va birga ishga olib borish uchun ham juda qulay yegulik sanaladi.
Bugun biz sizlarga bir necha xil asosli quymoqlardan pishirishni taklif qilamiz.
1. Qo’ziqorin va pishloqli quymoqlar
8-10 dona quymoq uchun:
- Veshenka – 700 gramm
- Qattiq pishloq – 150 gramm
- Piyoz – 1 bosh
- O’simlik yog’i – 30 millilitr
- ta’bga qarab tuz va murch.
Piyozni mayda to’rtburchak shaklda to’g’rab, yog’da qovurib olamiz.
Ustidan to’g’ralgan qo’ziqorinlarsolamiz, tuz va murchini rostlab pishgunicha pishirib olamiz.
Quymoq ustiga pishloqdan sepamiz va qo’ziqorin va piyozni solib, tugamiz.
8-10 dona quymoqlar uchun:
- Qiyma (mol yoki tovuq go’shti) – 300 gramm
- Ismaloq – 1-2 bog’
- Piyoz – 1 bosh
- O’simlik yog’i – 30 millilitr
- Sarimsoqpiyoz – 1 tishcha
- Tuz, murch va ziravorlar
Piyozni mayda to’g’rab, qovurib olamiz.
Qovurilgan piyoz ustidan qiymani solamiz va qovuramiz.
Ismaloqni ham to’g’rab, qiyma ustidan solamiz.
Tuz va murchini rostlab, 1 daqiqa davomida dimlaymiz.
Quymoqlarni xohlagan usulda tugasiz.
Iliqligida iste’mol qilamiz.
3. Olma va dolchinli quymoqlar
6-8 dona quymoqlar uchun:
- Nordon-shirin olma – 5 dona
- Sariyog’ – 50 gramm
- Dolchin – 1-2 choy qoshiq
- Shakar – 4-5 osh qoshiq
- Tortish uchun shakar upasi va yalpiz.
Olmalarni archamiz va 1 sm kattalikdagi to’rtburchaklarga bo’lib chiqamiz.
Tovaga sariyog’ni solib qizdiramiz va olmalarni qovurib olamiz.
Olmalar sharbatini chiqarayotgan paytda shakarni solamiz.
Muntazam aralashtirib turib qovuramiz.
Olmalar tillarangga kiray degan paytda dolchinni solib aralashtiramiz va gaz plita ustidan olamiz.
Bunday quymoqlarni muzqaymoq va yalpiz bilan tortsa, juda ham ajoyib ta’m kasb etadi.
4. Tvorog va bananli quymoqlar
6-8 dona quymoqlar uchun:
- Banan – 2 dona
- Tvorog 5% yog’li – 500 gramm
- Vanil – 1 choy qoshiq
- Shakar 2-3 choy qoshiq
- Ustini bezash uchun shokolad
Banan, tvorog va vanilni idishga solamiz va blender yoki sanchqi yordamida maydalaydmiz.
Hosil bo’lgan aralashmani quymoqlar ustiga surtib chiqamiz va naycha kabi o’raymiz.
Xohishga qarab kesamiz va ustini eritilgan shokolad bilan bezaymiz.
Shu retsept asosida quymoqli tort pishirsangiz ham bo’ladi.
Maslahatlar
Quymoqlaringiz har doim mazali, yupqa va pishirish jarayonida yirtilib ketmasligi uchun bir necha muhim maslahatlar beramiz:
- Quymoq pishirishga kerakli masalliqlar har doim yangi va xona haroratida bo’lishi kerak
- Unni solishdan avval elab olishga erinmang. Shunda quymoqlaringiz yumshoq va mayin chiqadi
- Tayyor xamirni pishirishdan oldin 20 daqiqa xona haroratida tindirib qo’ying, lekin ora-orada aralashtirib ham turing
- Quymoqlar tovaga yopishmasligi uchun xamirga albatta o’simlik yog’idan soling
- To’g’ri tanlangan tova — ko’ngildagidek quymoqlar pishirishda juda muhimdir
– quymoq uchun alohida tovangiz bo’lsin, unda umuman boshqa ovqatlarni tayyorlamang - Quymoqlarni qachon ag’darish kerak? Quymoqlarni chetiga qarang (ular quruq va tovadan sal ajralgan bo’lishi kerak) va ustiga ham e’tibor beringа — xamir ustida teshikchalar paydo bo’lib, xira rangga kiradi
- Pishgan quymoqlarni likopga ustma-ust terib chiqing va ustiga sariyog’ surting.
Mazali quymoq pishirishning eng katta siri bu —ularni har doim xush kayfiyatda tayyorlash kerak!
1 Sharhlar Hide Comments
Izohingizni yozib qoldiring
Izoh qoldirish uchun tizimga kirishingiz kerak.
Ajoyib?