Videoretsept: «Bao» bulochkalari
Masalliqlar:
-
Xamir uchun
-
210 millilitr iliq suv
-
30 millilitr iliq sut
-
1 osh qoshiq quruq xamirturush
-
1 choy qoshiq shakar
-
1 choy qoshiq tuz
-
2 osh qoshiq o'simlik yog'i
-
20 millilitr eritilgan sariyog'
-
450 gramm un
-
Nachinka uchun
-
300 gramm mol go'shti lahm
-
1 ta yashil bulg'or qalampiri
-
1 ta katta sabzi
-
1 ta piyoz
-
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
-
bir chimdim tuz
-
bir chimdim yanchilgan qora murch
-
100 millilitr teriyaki qaylasi
-
10 millilitr o'simlik yog'i
Yo’nalishlar
Osiyo oshxonasiga mansub «Bao» bulochkalari siri bug’da tayyorlanishidadir.
Odatda «Bao» bulochkalari yarim oy shaklida turli-xil nachinka bilan tayyorlanadi, ammo ularni oddiy bulochka shaklida pishirsa ham bo’ladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 45 000 so’m.
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta obuna bo’ling.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
210 millilitr iliq suv | |
30 millilitr iliq sut | |
1 osh qoshiq quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
20 millilitr eritilgan sariyog' | |
450 gramm un | |
Nachinka uchun |
|
300 gramm mol go'shti lahm | |
1 ta yashil bulg'or qalampiri | |
1 ta katta sabzi | |
1 ta piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir chimdim tuz | |
bir chimdim yanchilgan qora murch | |
100 millilitr teriyaki qaylasi | |
10 millilitr o'simlik yog'i |
Xamir tayyorlaymiz
Idishda iliq suv, sut, xamirturush, shakar, tuz va o’simlik yog’ini aralashtiramiz.
Un qo’shib, yumshoq xamir qoramiz va oxirida eritilgan sariyog’ qo’shamiz. Xamirni 10 daqiqa davomida qoramiz, elastik va qo’lga yopishmaydigan bo’lishi uchun.
Xamirni dumaloq shaklga keltirib, sochiq yoki yopishqoq plyonka bilan o’rab 1 soatga iliq joyga qo’yamiz.
Bu vaqt ichida xamir ikki marta oshishi kerak.
Nachinka tayyorlaymiz
Go’sht va sabzavotlarni ingichka somoncha shaklida to’g’raymiz. Sabzini katta qirg’ichdan, sarimsoqpiyozni pressdan chiqarish mumkin.
Tova o’rtacha olovda qizdirib, o’simlik yog’i quyamiz.
Qizigan yog’ga go’sht, piyoz, sarimsoqpiyoz qo’shib, go’sht pishguncha qovuramiz.
Qolgan sabzavotlar va ziravorlarni qo’shib yana 2-3 daqiqa qovuramiz.
Bulochka tayyorlaymiz
Ish joyini unlaymiz.
Xamirni 1 sm qalinlikda yoyamiz va qandolat halqasi yordamida diametri 9-12 sm doiralar kesib chiqamiz.
Ularni yog’ bilan surtib, o’rtasini buklaymiz.
Monti qozonning pastki qismida suv qaynatamiz.
Monti qozon patnisini yog’lab bulochkalarni terib chiqamiz. Qopqog’ini yopib 6 daqiqa davomida pishiramiz.
Pishish jarayonida bulochkalar kattalashadi, bir-biriga yopishmasligi uchun patnisga terayotganingizda orasida masofa qoldiring.
Olovni o’chirib, bulochkalarni qozon ichida qopqog’ini ochmasdan 5 daqiqaga qoldiramiz.
Masalliqlar:
Xamir uchun |
|
210 millilitr iliq suv | |
30 millilitr iliq sut | |
1 osh qoshiq quruq xamirturush | |
1 choy qoshiq shakar | |
1 choy qoshiq tuz | |
2 osh qoshiq o'simlik yog'i | |
20 millilitr eritilgan sariyog' | |
450 gramm un | |
Nachinka uchun |
|
300 gramm mol go'shti lahm | |
1 ta yashil bulg'or qalampiri | |
1 ta katta sabzi | |
1 ta piyoz | |
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi | |
bir chimdim tuz | |
bir chimdim yanchilgan qora murch | |
100 millilitr teriyaki qaylasi | |
10 millilitr o'simlik yog'i |