Burgerlar uchun ideal darajali bulochkalar

Burgerlar uchun ideal darajali bulochkalar

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Burgerlarga mo’ljallangan mana bu bulochkalar ideal darajada chiqib, ta’mi va ko’rinishi bilan ko’zni quvontiradi.

Bunday bulochkalardan tayyorlab, endilikda sevimli “fast-food” larni o’zimiz pishirishimiz mumkin, ana shunda ular ham mazali, ham foydali yegulikka aylanadi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 8 500 so’m pul sarflanadi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qilinadi.

Masalliqlar:

1 dona kartoshka
625 gramm un
375 millilitr suv
5 gramm tuz
7 gramm quruq xamirturush
75 gramm eritilgan sariyog'
25 gramm shakar
1 dona tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugllandi

Tog'orachaga 300 gramm un, tuz va quruq xamirturushni solamiz.

Qadam 2
Tugllandi

Alohida idishga esa kartoshkani solib qaynatamiz va ezib, pyuresimon holatga keltiramiz.

Qadam 3
Tugllandi

Pyurega iliq suv va eritilgan sariyog'ni solamiz.

Qadam 4
Tugllandi

Shakarni ham solib, venchikda ko'pirtirib olamiz.

Eslatma: agarda siz shirin ta'mli bulochkalardan tayyorlamoqchi bo'lsangiz, unda shakarni 100 gramm miqdorida soling.

Qadam 5
Tugllandi

Quruq va suyuq aralashmalarni birlashtiramiz. Qolgan un (325 gramm)ni solib, xamir qorib olamiz.

Qadam 6
Tugllandi

Xamirni ustini yopib, 1 soat iliq joyga qoldiramiz.

Qadam 7
Tugllandi

Oshgan xamirdan bir xil kattalikdagi koptokchalar yasab olib, ustini sochiq bilan 20 daqiqaga yopib qo'yamiz.

Qadam 8
Tugllandi

Tuxumni chaqib, kosaga solamiz va 1 osh qoshiq suv qo'shamiz.

Qadam 9
Tugllandi

Buregerlarga tuxumni surtib, kunjutni sepamiz. 190 C darajada qizigan pechda 15-17 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha!

Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

1 dona kartoshka
625 gramm un
375 millilitr suv
5 gramm tuz
7 gramm quruq xamirturush
75 gramm eritilgan sariyog'
25 gramm shakar
1 dona tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Malinali pechenyelar
keyingi
Pastali grekcha salat

Fikringiz