Yosh pazanda blogidan: Do’lma
Katta dasturxon atrofida barcha oila a’zolari yig’ilib, birga ovqatlanish bu biz o’zbeklarga xos an’anadir. Bunday yig’ilib ovqatlanishda ham taomning mazaliligi juda katta rol o’ynashi esa hech birimizga siz emas. Men uy bekasi va kelini sifatida shirin taomlar tayyorlab, yaqinlarimni har doim xursand qilgim keladi. Mana bu safar men do’lma pishirishga qaror qildim. Bu taomda odamni o’ziga tortuvchi qandaydir sir bordek go’yo.
Tok barglariga qiyma va guruch aralashmasidan solib, uni o’rab chiqishadi. Aytgancha, har xil oshxonada uni turlicha tugishadi. Yodimda, kichkina edim-u buvimtok barglarini bir-biridan ajratib berishimni so’rar, o’zi esa ularni birma-bir mehr ila tugar edi.
Do’lmani tayyorlash sirlaridan voqif bo’lish uchun ham men bir Goar ismli tanishimga murojaat qildim. Uning aytishicha bu retsept unga bir necha ajdodlaridan qolgan ekan. Qiyma go’shtga ozroq guruch, ko’pgina piyoz, bir nechta bog’ kashnich va sariyog’ solinar ekan, agar sariyog’ bo’lmasa unda oddiy o’simlik yog’i. Asosiy joyi – qozon yoki biron sirli idish olasiz, ichiga likopchani to’g’ri (teskarisini emas) qo’yamiz va ustiga do’lmalarni terib chiqamiz, ustini yana bitta likopcha bilan yopamiz. Ustidan suv qo’yamiz. Likopchani ustidan biron-bir og’irroq idish qo’yamiz. Qoidalarga qanchalik amal qilishimga qaramay urinishim behuda ketdi. Men tok barglarini noto’g’ri tanlabman. Do’lma uchun yosh, o’rtacha kattalikdagi tok barglaridan foydalanish kerak ekan. To’g’ri tanlangan barglar bilan esa men kutgan mo’jiza ro’y berdi. Menda 0.5 kilo qiymadan 100 dona tok barglari chiqdi.
Men tanlagan taomni mazali pishiriladigan joyni topdim. Nostalgie kafesida uni quyidagicha tayyorlashar ekan:
Nostalgie dan retsept
- Mol go’shti – 300 gr
- Qo’y go’shti – 300 gr
- Tovuq go’shti – 300 gr
- Guruch – 2 osh qoshiq
- Shivit – 1 bog’
- Kashnich – 1 bog’
- Rayxon – 1 bog’
- Piyoz – 2 bosh
- Suv – 2 osh qoshiq
- Quritilgan kashnich
- Tuz
- 5 xil qalampirlardan iborat ziravor
- Kartoshka – 3 ta
- O’rtacha kattalikdagi tok barglari – 150 dona
- Qaylasi uchun – yogurt, ko’kat, sarimsoqpiyoz va tuz.
1-qadam.
Quruq tok barglarini suvga botirib qo’yamiz. Go’shtni go’sht qiymalagichdan o’tkazamiz. Ozroq suv qo’shamiz.
2-qadam.
Ko’kat va piyozni yupqa to’g’raymiz. Qiymaga guruch, to’g’ralgan ko’kat va piyozni solamiz, tuzini rostlaymiz. Yaxshilab aralashtiramiz.
3-qadam.
Qiymani tok barglariga qo’yib uzunchoq tugib chiqamiz.
4-qadam.
Qozon ostiga aylana shaklda tog’ralgan kartoshkalarni terib chiqamiz, ustidan esa do’lmalarni teramiz. Suvni do’lmalarni ko’mib turganicha suv quyamiz. Yog’ solish shart emas. 40 daqiqa davomida dimlaymiz.
5-qadam.
Yogurt, ko’katlar, tuz va sarimsoqpiyozdan qilingan qayla bilan tortiladi.
Tabiiyki, do’lma ham mening oila a’zolarim sevib iste’mol qiladigan ro’yxatga kirdi.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.