Videoretsept: qaynatilgan quyultirilgan sutli maffinlar
Masalliqlar:
-
3 ta tuxum
-
80 gramm shakar
-
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini
-
150 millilitr sut
-
220 gramm un
-
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim tuz
-
100 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti
-
hoxushga qarab istalgan yong'oqlar
Yo’nalishlar
Bunday kekslarni katta-yu kichik birdek sevib iste’mol qiladi. Kekslarni tayyorlash juda oson, ularga ishlatiladigan masalliqlar esa doimo uyingizdan topilishi aniq.
Ushbu kekslar sizning qalbingizni albatta zabt etadi va shirinliklarni sevuchilar uchun ajoyib desert bo’la oladi.
Tayyor taomning taxminiy narxi – 15 000 so’m. *
narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
80 gramm shakar | |
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
150 millilitr sut | |
220 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti | |
hoxushga qarab istalgan yong'oqlar |
Yumshagan margarinni shakar, vanil shakari va tuz bilan ko'pirtiramiz.
Har biridan so'ng yaxshilab ko'pirtirgan holda bittadan tuxum solamiz.
Sut solib aralashtiramiz.
Qabartma bilan aralashtirilgan unni solib, mikserda aralashtiramiz. Ko'p ko'pirtirmaymiz.
Xamirni konditer qopchasiga solamiz (qopchaga solmasdan, qoshiqda qoliplarga quyib chiqish ham mumkin).
Konditer qopchasidan qoliplarni ⅓ qismini to'ldirgan holda xamirni quyib chiqamiz.
Ustidan 1 choy qoshiqdan qaynatilgan quyultirilgan sut solib, uni ustidan yana xamir solib qolipning ⅓ qismini to'ldiramiz.
Yong'oq bilan bezak berib, 180 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 25-30 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko
Reklama huquqi asosida
Masalliqlar:
3 ta tuxum | |
80 gramm shakar | |
100 gramm maselkadan "Konditer premium" margarini | |
150 millilitr sut | |
220 gramm un | |
1 choy qoshiq qabartma (razrixlitel) | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim tuz | |
100 gramm Maselkodan "Lakomka" quyultirilgan qaynatilgan suti | |
hoxushga qarab istalgan yong'oqlar |