fbpx
Osiyocha lapshali frikadelkalar

Osiyocha lapshali frikadelkalar

Masalliqlar:

  • frikadelka uchun

  • qaylasiga

Yo’nalishlar

Sizlarning e’tiboringizga boy va ajoyib ta’mga ega Osiyocha taomni taqdim etamiz.

Bunday g’ayrioddiy frikadelkalarning siri uning maxsus qaylasidadir. Ushbu qaylani siz uyda bemalol tayyorlay olasiz. Faqatgina bizning retseptimizdan uni qanday tayyorlanishini bilib olsangiz bas.

Tayyor taomning taxminiy narxi – 55 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
frikadelka uchun
500 gramm mol go'shtidan qiyma
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz
30 gramm maydalangan suxari
1 ta tuxum
2 osh qoshiq o'simlik yog'i qovurish uchun
qaylasiga
2 osh qoshiq kunjut yog'i
0,5 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
0,5 choy qoshiq yanchilgan qora murch
bir chimdim tuz
0,5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
1 choy qoshiq guruch sirkasi
2 osh qoshiq soya qaylasi
125 millilitr tovuqli bulyon
5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
300 gramm tuxumli lapsha
1 osh qoshiq oq kunjut ustiga sepish uchun
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
Qadam 1
Tugallandi

Idishda qiyma, tuxum, suxari, ko'k piyoz, tuz va maydalangan sarimsoqpiyozni aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Qiymadan yong'oq kattaligidagi koptokchalar hosil qilamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Tovada 2 osh qoshiq o'simlik yog'ini qizdirib, frikadelkalarni ikki taraflama qizartirib qovurib olamiz. So'ngra likopchaga olib, chetga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

O'sha tovaga qaylaga kerakli barcha mahsulotlarni solib, ustidan qovurilgan frikadelkalarni solamiz. Tova ustini yopgan holda, massa quyilgunicha pishiramiz.

Qadam 5
Tugallandi

Sho'r suvda lapshani pishirib olamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Tayyor bo'lgan lapshani likopchaga olib, ustidan frikadelkalarni solamiz.

Kunjut sepib, ko'k piyoz bilan bezak beramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 50 daqiqa
  • Portsiya 4
  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
frikadelka uchun
500 gramm mol go'shtidan qiyma
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
2 ta sarimsoqpiyoz tishchasi
ta'bga ko'ra tuz
30 gramm maydalangan suxari
1 ta tuxum
2 osh qoshiq o'simlik yog'i qovurish uchun
qaylasiga
2 osh qoshiq kunjut yog'i
0,5 choy qoshiq yanchilgan achchiq qalampir
0,5 choy qoshiq yanchilgan qora murch
bir chimdim tuz
0,5 choy qoshiq maydalangan zanjabil
1 choy qoshiq guruch sirkasi
2 osh qoshiq soya qaylasi
125 millilitr tovuqli bulyon
5 osh qoshiq shakar
1 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali
300 gramm tuxumli lapsha
1 osh qoshiq oq kunjut ustiga sepish uchun
bir nechta ko'k piyoz shoxchalari
oldingi
Shtreisel va olchali pirojkalar
keyingi
Videoretsept: vaflidan tayyorlangan malinali tort

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.