fbpx
Videoretsept: malina va yong’oqli pirog

Videoretsept: malina va yong’oqli pirog

Masalliqlar:

Yo’nalishlar

Uyda tayyorlangan issiqina, xushbo’y rezavor mevali pishiriq – choy yoki qahvaga ajoyib qo’shimcha bo’la oladi. Malina va yong’oqli ushbu pirog – betakror shirinlikdir.

Albatta pishirib ko’ring, va u sizning eng sevimli shirinligingizga aylanadi.

Tayyorlangan taomning taxminiy narxi – 35 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
250 gramm smetana
200 gramm shakar
100 gramm o'simlik yog'i
260 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
400 gramm malina
2 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm maydalangan yong'oq
Qadam 1
Tugallandi

Tuxum va shakarni oqargunicha ko'pirtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

So'ngra smetana, qabartma va vanil shakarini qo'shib, yana ko'pirtiramiz.

Qadam 3
Tugallandi

Hosil bo'lgan massaga o'simlik yog'ini quyib, yaxshilab aralashtiramiz. Un qo'shib, yana yaxshilab aralashtiramiz.

Qadam 4
Tugallandi

20 ga 22 sm o'lchamli qolipni yog'laymiz. Qolipga xamirni yarimini solib, ustidan malinaning ⅔ qismini va maydalangan yong'oqning yarimini solamiz.

Qadam 5
Tugallandi

So'ngra xamirning qolgan qismini solib, ustidan malina qo'yib chiqib, yong'oq sepamiz.

Qadam 6
Tugallandi

170 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 50-60 daqiqaga yuboramiz.

Yoqimli ishtaha!

  • 1 soat 10 daqiqa
  • Portsiya 6
  • Oddiy
  • 170 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
2 ta tuxum
250 gramm smetana
200 gramm shakar
100 gramm o'simlik yog'i
260 gramm un
2 choy qoshiq qabartma (razrixlitel)
400 gramm malina
2 choy qoshiq vanil shakari
200 gramm maydalangan yong'oq
oldingi
Turkcha non (Ramazan pide)
keyingi
Qovoqchadan tayyorlangan qiymali pirojkalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.