Sirkaning turlicha xillaridan to’g’ri foydalanamiz
Pazandachilik san’atida turli xil sirkalardan foydalanishimizga to’g’ri keladi. Oddiy, uzumli, olmali, balzamli – bularning hammasining o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, bugun bular haqida batafsil gapirib beramiz.
Ovqat sirkasi
Eng ko’p tarqalgan sirkalardan biri bo’lib, uni sirka kislotasi (essensiyasi) dan tayyorlashadi. Ovqat sirkasi tarkibida etalon borligi sabab ham, ko’pincha uni spirtli sirka deb ham atashadi. U juda o’tkir va yoqimsizroq hidga ega bo’lib, shuning uchun ham u ovqatlarni xushbo’ylantirish uchun ham ishlatilmaydi.
Bunday sirka mushak to’qimasini osonlikcha yumshatishi sabab ham, ko’pgina mahsulotlarni marinadlashda ajoyib vosita hisoblanadi. U go’shtlarni juda yaxshi yumshatadi, sabzavotlarning ta’mini yanada kuchaytirib, ularning yorqin rangini saqlab qoladi. Bunday sirkadan uyda tayyorlangan mayonezga qo’shsangiz, ta’mi juda ajoyib chiqadi. Qanday tayyorlashni esa bu yerdan bilib oling.
Sirka ham o’zida quyidagi ko’pgina foydali xususiyatlarni saqlaydi: B, A, PP guruh vitaminlari, temir, fosfor, natriy va ftor. Oddiy ovqat sirkasi – yaxshi antiseptik vosita hisoblanadi, shuning uchun ham shamollaganda tomoqni suv va sirka aralashmasi bilan chayish bilan cheklanmasdan, sirkali suvda uylarni artib chiqishadi. Bundan tashqari qadimdan ota-bobolarimiz sirkadan qon bosimini tushirishda ham foydalanishgan.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
«Korzinka» supermarketlarida sirka hajmiga qarab 1 690 so’mdan 4 690 so’mgacha turadi.
Uzum sirkasi
Olmali sirkalar odatda olmadan tayyorlaniladi. Uning tarkibiga bor-yo’g’i ikkita mahsulotlar kiradi: olma kislotasi va suv. Faqat shunday sirka organizm uchun foydali hisoblanadi.
Olmali sirkadan salatlarga qo’shishda ishlatiladi, parranda go’shti bilan yaxshi kelishadi va u tabbiy konservant sanaladi.
Bunday sirkaning foydali jihatlari ko’pligini o’z vazniga e’tiborlilar juda yaxshi biladi. U ishtahani pasaytirib, oshqozon-ichak traktini faoliyatini yaxshilaydi, organizmdagi kislota-ishqorli muvozanatni tartibga soladi. U o’zida beta-karotin, A, B, C, va E guruh vitaminlarini, pektin va sutli kislotani saqlaydi. Quyidagi kasalliklarda sirka iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi: kislotaning me’yordan ortiqligida, oshqozon shilliq pardalarining yallig’lanishida, yo’g’on ichak yallig’lanishida, buyrakning yallig’lanishida va sariq kasalliklarida.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
«Korzinka» supermarketlarida olmali sirka 250 millilitr hajmlisi 17 690 so’m turadi.
Uzum sirkasi
Uzum sirkasi oq va qizil vinodan tayyorlaniladi. Bunday sirkada kislota 6% va 10% aralashmadan iborat bo’ladi. Bunday sirkaning ta’mi uning qancha saqlanilganiga ham bog’liq: sirka qanchalik ko’p turgan bo’lsa, shunchalik mazali bo’ladi. Bunday sirkadan hatto Qadimgi Misrda suvni zararlantirish va sabzavotlarni yaxshi saqlash maqsadida foydalanishgan.
Tabiiy uzum sirkasi uzum sharbatidan tayyorlanib, idishning ostida ko’chkiga ko’zimiz tushishi mumkin – bu mahsulotning sifatli ekanligidan dalolat beradi. Bunday sirkalardan go’shtli (mol va qo’y go’shti) ovqat tayyorlashda ishlatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Olmali sirkaga o’xshab, uzum sirkasidan salatlarga ishlatsa ham bo’ladi, faqat shuni hisobga olish kerakki, bu sirka nordon ta’mga ega emas.
Uzum sirka o’zida kaliy, magniy, fosfor va boshqa foydali moddalarni saqlaydi. Shuning uchun ham u o’zida shamollashga qarshi xususiyatlarni saqlab, lat yeyishlar va anginada yordam beradi. Bu sirka zamburug’li kasalliklarda ham yordam beradi. Bu sirkadan kosmetalogiyada soch va yuz terisini parvarishlashda foydalanishadi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
«Korzinka» supermarketlarida olmali sirka 250 millilitr hajmlisi 15 590 so’m turadi.
Balzamli sirka
Balzamli sirka eng yuqori sifatli sirka sanaladi. Bunday sirkani uzum shirasidan tayyorlab ko’pincha, uzumning oq navidan foydalanishadi. U nordon-shirin ta’mga ega bo’lib, boshqa sirkalarga qaraganda quyuqroq konsistensiyali va to’qroq, deyarli qora rangli bo’ladi. Eng yaxshi balzamli sirka deb, 12 yildan kam bo’lmagan muddatda saqlangan sirkaga aytiladi. Tarkibida shakar, karamel, meva sharbati va bo’yoqlarni saqlovchi sirkani aslo xarid qilmang. Fermentlanmagan shakarli, sirkali, uzumli, olmali kislotalarni o’zida saqlovchi sirkalarni tanlang.
Bunday sirkadan ko’pgina ovqat va shirinliklar tayyorlashda ham foydalanishadi. Undan salatlarga solinadi, marinadlashda, sho’rvalarda ishlatiladi, bundan tashqari pishloq va mevalarga ziravor sifatida foydalanishadi. Bir necha tomchi tomilgan qulupnay, muzqaymoq va hatto quymoqlar ham betakror ta’mga ega bo’ladi.
Balzamli sirka qondagi xolesterin miqdorini pasaytirishda yordam berib, oshqozon-ichak traktini normallashtiradi, qorinni to’qlik hissini uzoqroq muddatgacha saqlab turadi. Uning tarkibida temir, kaliy, kalsiy, marganets, fosfor, natriy va boshqa minerallar, A, B, C kabi vitaminlar va zarur organik kislotalar mavjud. Kislota yuqorililigidan va oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishidan aziyat chekuvchilarga bunday sirkani iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin:
«Korzinka» supermarketlarida olmali sirka 250 millilitr hajmlisi 20 990 dan 43 990 so’mgacha turadi.
*Mahsulot narxi manba yaratilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.