fbpx
Videoretsept: Go’shtli non

Videoretsept: Go’shtli non

Taomlari:

Masalliqlar:

  • asosiga

Yo’nalishlar

Go’shtli non – juda mazali taom bo’lib, u barcha oila a’zolari uchun to’yimli taom tayyorlaydigan pazandalar uchun to’g’ri keladi. Ushbu taomni tayyorlashda sizga ortiqcha urunishlarning keragi bo’lmaydi, chunki taom xamiri bilan ishlash juda zavqli jarayon.

Ahir eng zo’r non – bu uyda o’z qo’llarimiz bilan tayyorlangan non!

Tayyor taomning taxminiy narxi – 40 000 so’m. *

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.

Masalliqlar:

Portsiya:
450 gramm un
200 millilitr sut
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq shakar
10 gramm quruq xamirturush
180 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
asosiga
300 gramm mol go'shti
200-250 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
0,5 choy qoshiq zira
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
Qadam 1
Tugallandi

Unga shakar, tuz va xamirturush solib aralashtiramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Eritilgan margarin va iliq sut solib, xamir qoramiz. Ustini sochiq yoki yopishqoq plyonka bilan yopib, issiq joyga 40-60 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Asosini tayyorlaymiz:

Asosini tayyorlaymiz. Go'shtni mayda to'rtburchak shaklida, piyozni ingichka yarim halqa shaklida to'g'rab olamiz. Aralashtirib, tuz va ziravorlar qo'shamiz va muzlatgichga 10 daqiqaga olib qo'yamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Oshgan xamirni ikki bo'lakga bo'lib, xar bir bo'lakni dumaloqlab olamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Birinchi bo'lakni olib, 5 millilimetr qalinlikda doira shaklida yoyib olamiz.
Xamir o'rtasini kesib, qo'limizda teshikcha hosil qilamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Xamirning chetiga asosini joylashtirib, xamir chetlarini tesh kulchaga o'xshatib yopib chiqamiz.
Ikkinchi xamirdan ham xuddi shu tarzda tesh kulcha yasab olamiz.

Qadam 7
Tugallandi

Go'shtli nonni tugilgan joyini pastga qilib, pergament qog'ozi bilan qoplangan gaz pechi patnisiga joylashtiramiz.

Qadam 8
Tugallandi

Ustiga tuxum suritib, kunjut sepamiz.

Qadam 9
Tugallandi

180-190 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
Telegram kanalga a'zo bo'ling: Maselko

Reklama huquqi asosida

  • 2 soat
  • Portsiya 2
  • O’rtacha
  • 190 C

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Portsiya:
450 gramm un
200 millilitr sut
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq shakar
10 gramm quruq xamirturush
180 gramm Maselkodan "Konditer premium" margarini
asosiga
300 gramm mol go'shti
200-250 gramm piyoz
ta'bga ko'ra tuz va murch
0,5 choy qoshiq zira
ustiga suritish uchun tuxum
ustiga sepish uchun kunjut
oldingi
Qaynagan suvdan tayyorlangan shokoladli keks
keyingi
Videoretsept: shokolad pastasili pankeyklar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.