Videoretsept: Ko’katli qatlama
Masalliqlar:
-
500 gramm un
-
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin
-
225 millilitr suv
-
1 ta tuxum
-
10 gramm tuz
-
200 gramm o'simlik yog'iqovurish uchun
-
1 bog' ko'k piyoz yoki boshqa ko'kat
-
150 gramm piyoz
Yo’nalishlar
Bahorda tayyorlash kerak bo’lgan taomlardan biri – bu ko’katli qatlama. Qizartirib qovurilgan qarsildoq qavatli xamir va issiq choyga hech kim befarq qolmaydi.
Bunday mazali qatlamalar dasturxondan tez g’oyib bo’la boshlashadi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
500 gramm un | |
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
225 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
10 gramm tuz | |
200 gramm o'simlik yog'i | |
1 bog' ko'k piyoz yoki boshqa ko'kat | |
150 gramm piyoz |
Unga tuxum, sho'r suv va 50 gramm eritilgan margarin solamiz.
Xamir qorib, 25 daqiqaga tindirishga qo'yamiz.
Piyozni yarim dumaloq shaklida, ko'k piyoz yoki boshqa ko'katni esa mayda qilib to'g'raymiz.
Tindirilgan xamirni 2 mm qalinlikda yoyib olamiz. So'ngra ustiga eritilgan margarin suritib chiqamiz.
Xamir ustiga oldin piyozni, so'ngra ko'k piyozni bir xil qilib solamiz.
Xamirni qattiq rulet shaklida o'rab, 100-110 gramm keladigan bo'laklarga kesib chiqamiz.
Har bir bo'lakni 3-4 millimetr qalinlikda yoyib olamiz.
Qatlamalarni yaxshilab qizdirilgan o'simlik yog'ida har bir tarafini 3-5 daqiqadan qovurib olamiz.
Tayyor qatlamalarni qog'oz salfetkalarga olamiz.
Telegram kanaliga obuna bo'ling: Maselko
Reklama huquqi ostida
Yoqimli ishtaha!
Masalliqlar:
500 gramm un | |
150 gramm Maselkodan qatlamali xamirga mo'ljallangan margarin | |
225 millilitr suv | |
1 ta tuxum | |
10 gramm tuz | |
200 gramm o'simlik yog'i | |
1 bog' ko'k piyoz yoki boshqa ko'kat | |
150 gramm piyoz |