Mixer do’koni – pazandalar uchun ajoyib topilma
Pazandachilikka doir barcha kerakli narsalar jamlangan ajoyib do’kon. U haqida to’liq ma’lumotni faqat bizda o’qib oling.
Pazandachilikka qiziquvchilar yaxshi biladiki, mazali va betakror pishiriqlar pishirish uchun unga kerakli masalliqlar va vositalarni aynan bittagina do’kondan topish juda ham mushkul.
Zira.uz loyihasi pazandachilikka qiziquvchilar va havaskorlar uchun do’konni kashf qildi. Bu yerda sizlar tortlar uchun mo’ljallangan turli-tuman qoliplardan tortib, ularni bezatishga kerakli barcha narsalarni topa olasiz. Bu Mixer deb ataluvchi do’kondir.
Tashqi ko’rinishidan oddiy xo’jalik mollari do’koniga o’xshab ketadi va hech kimni e’tiborini qaratmaydigan bu do’konga kirib og’zimiz lang ochilib qoldi. Chunki unchalik katta bo’lmagan bu do’konda pazandachilikka kerak bo’ladigan yo’q narsalarning o’zi yo’q. Tort va pishiriqlarni ustiga sepib bezatadigan bezaklarni o’zigina 20 xildan ortriqroqdir. Ular rangi, shakli jihatidan bir-birini takrorlamaydi. Bunday bezaklar Amerika, Malaziya va Xitoydan keltirilgan. 50 grammli kichkina idishchasi 25 000 dan 30 000 so’mgacha tursa, 100 grammlisi 35 000 so’mda baholanadi.
Shokoladli tomchilarning ham 10 dan ortiq turlari bo’lib, kilosi 24 000 so’m narxda baholanadi. Belgiya tanga shokoladlari ham mavjud bo’lib, ularning kilosi 140 000 so’mga baholanadi. Bundan tashqari tortni ustini bezatishga ishlatiladigan jelelar chelaki bilan sotilib, 100 grammi 2000 so’m turadi.
Qabarmalarni esa bu yerda kilolab uchratish mumkin: 1 kilodan tortib 10 kiloligacha. 15 000 so’mga sotib oling va oylab ishlatavering.
Bundan tashqari tokchalarda siz agar-agarni ham uchratishingiz mumkin. Ularni 100 grammi 28 000 so’m turadi.
«Shanti»kremi uchun kukun ham bo’lib, Gold savdo belgisi nomi ostidagi mahsulot 1 kilosi 24 500 so’m tursa, Pastard va Boringer savdo belgilari ostidagi turkiya mahsulotlarining kilosi 27 000 so’m turadi.
Tepa qatorlarda eaa tort uchun mo’ljallangan qoliplarning xipma-xil turlariga ko’zingiz tushadi.
Bundan tashqari bu yerda siz kartoshka kraxmalini bir kilosini 10 000 so’mda, turk kakaosini 34 000 so’mdan, kakos qirindisini esa yarim kilosini 12 000 so’m narxlarda xarid qila olasiz.
Kekslar uchun esa 15 xildan ziyod ayiqcha, samolyot, so’rg’ich shakllaridagi qoliplarni ham topishingiz mumkin.
Bu do’konda yana ko’p marta ishlatishga mo’ljallangan maxsus qog’ozlar bo’lib, ular bemalol pergament qog’ozni o’rnini bosa oladi. Ularning bittasi 14 000 so’m turadi.
Do’konda pechenyelarni kesishga mo’ljallangan kesgichlarni ko’pligi ko’rib hayratlandik (yulduzcha, gulcha, odamcha va boshqa ko’pgina shakllarda).
Bundan tashqari bu yerda silikondan yasalgan juda ko’p shaklli qolipxhalar, mastika uchun pichoqlar, hatto yesa bo’ladigan rangli flamasterlar ham mavjud. Ularning 5 tasi 65 000 so’m tursa, qora ranglisi 1 donasi 20 000 so’m turadi.
Makaron deb nomlanuvchi pechenyelarga mo’ljallangan qolipchalar 25 000 so’m turadi. Yesa bo’ladigan qog’ozlar ham mavjud. Bunday shirin qog’ozdan tortni ustini bezatishda foydalaniladi va bir donasi 16 000 so’mda baholanadi. Ichida 10 bo’lib, 150 000 so’m turadi.
Konditer qopchalar ham mavjud bo’lib, kichkinasi 18 000 so’m, katta hakmdagisi esa 25 000 so’m turadi.
Bu yerda kekslarga mo’ljallangan qolipchalarning turlari juda ko’pdir. U yerda ularning ko’pligidan ko’zlarimiz qamashib ketdi.
Tug’ilgan kun va bolajonlar bayramiga mo’ljallangan ajoyib niqoblar, bir martalik ishlatiladigan idishlar, shamchalar, bosh kiyimlarni ham topishingiz mumkin.
Xulosa
Mixer do’konida pishir-kuydirga mo’ljallangan juda ko’p turdagi mahsulotlar bo’lib, narxi juda hamyonbop bo’lib, hatto ba’zi narsalari Chorsu bozoridan ham arzonroq. Mahsulotlarining ko’pchiligi Turkiya va Xitoy mahsulotlari. Sotuvchilari juda xushmuomala bo’lib, barcha savollaringizga javob berishadi. Eng asosiysi, bu do’konda xohlagan mahsulotingizga teginishingiz va ochib ko’rishingizga ruxsat berishadi. Do’kondagi peshtaxtalar ochilib yopilishi esa juda hayratlantirdi. Pushtaxtalarning orqasida go’yo hech narsa yo’qdek tuyilsada, ularni ochib qarasangiz ichi to’la mahsulot.
Ma’lumot uchun:
Telefon: 243 53 13, +99890 187 33 70Manzil: Shayxontohur tumani, Mannon Uyg’ur ko’chasi, 21-uy. Mo’ljal: Ko’kcha machitining ro’parasida.