Do’kon peshtaxtalaridagi qiziqarli mahsulotlar: Sariyog’
Sariyog’ ko’chligimiz uchun sevimli nonushtagina bo’lib qolmay, undan turli xil ovqat va pishiriqlar tayyorlashda ham foydalanamiz. Faqatgina sifatli sariyog’dan tayyorlangan ovqatlar mazali chiqadi. Bugun bizlar sizlarga bu ajoyib mahsulotni to’g’ri tanlash, saqlash va qancha narxga sotib olish haqida ma’lumotlar berib o’tamiz.
Hozirgi kunda do’kon peshtaxtalaridagi sariyog’larning turlari shu darajada ko’pki, ularni tanlashda boshingiz aylanib qolishi tayin. Aslida to’g’ri tanlov siz o’ylaganchalik qiyin emas, faqatgina bir nechta qoidalarini bilib olishni o’zi kifoya.
To’g’ri tanlash
1. Tarkibiga qarang. Uning tarkibida qaymoq va sutdan tashkil topgan bo’lib, ayrim holatlarda tuz bo’lishi mumkin. Agarda unda o’simlik yog’ i yoki yog’larni o’rnini bosuvchi mahsulotlar yozilgan bo’lsa demak bu mahsulot sariyog’ emas, balki margarindir.
2. Yog’liligiga e’tibor bering. Sariyog’lar 3 xil turda bo’ladi: «krestyanskoye» yog’i (yog’liligi – 72,5% va undan yuqori), «lyubitelskoye» yog’i (yog’liligi – 78% va undan yuqori) va sariyog’ (yog’liligi – 82,2% va undan yuqori). Mana shu barcha ma’lumot mahsulot qadog’ida ko’rsatilgan bo’lishi shart.
3. Qadog’iga qarang. Mahsulot zar qog’oz ya’ni folgada qadoqlangan bo’lishi kerak, chunki bunday qog’oz quyosh nurini o’tkazmaydi va sariyog’dagi vitami lar saqlanib qoladi.
4. Saqlash muddatiga ahamiyat qarating . Haqiqiy tabiiy sariyog’ning saqlash muddati unchalik ko’p bo’lmaydi – bor- yog’i 1 oy. Agarda mahsulotni saash muddati bir yil, hatto undan ham ko’p yozilgan bo’lsa, unda shubhasiz bunday sariyog’ga qo’shimcha konservantlar qk’shilgan.
5. Rangi va hidiga qarang. B usuldan kiloli sariyog’ sotib olishda foydalaning. Tabiiy sariyog’ och-sariq rangda bo’lib, umuman hidsiz bo’lishi kerak. Oppoq rang esa sariyog’da o’simlik yog’lar borligidan dalolat bersa, to’q-sariq rang bo’yoqlar qo’shilganini bildiradi.
6. Eksperiment o’tkazib ko’ring. Sariyog’ni sotib olganingizdan so’ng, uyga kelib, piyolaga issiq suv soling va ustidan bir bo’lak sariyog’ soling. Haqiqiy sariyog’ bir xil eriydi, margarin esa parchalarga ajraladi. Yoki sariyog’ni sovutgichdan olib qo’ysangiz, xona haroratidagi sariyog’ ustida suv tomchilari paydo bo’lmasligi kerak.
7. Sariyog’ni ta’tib ko’ring. Ozgina sariyog’ bo’lagini ta’tib ko’ring, u til va tishlaringizga yopishmasligi kerak. Ta’mi sal nordonroq bo’lsa, unda bu sariyog’ aynigan qaymoqdan tayyorlanilgan.
To’g’ri saqlash
Asosiy qoidalar:
1. Harorat. Sariyog’ ni 20 C dan oshmdydigan xonada bemalol saqlash mumkin, faqat 5 kungacha. Oddiysi sovutgichda 10 kungacha, tuz qo’shilgani esa ikki haftagacha yaxshi saqlanadi. Agarda muzlatgichda saqlasangiz bir oygacha, -15 darajada esa bir yilgacha saqlanadi.
2. Qanday saqlash. яSariyog’ni maxsus yog’ uchun mo’ljallangan idishda saqlang. Ochiq havoda qolgan sariyog’da bakteriyalar tezda ko’ppayib keladi.
Qancha turadi va qayerdan sotib olish mumkin
Sariyog’lar Korzinka.uz supermarketida 200 gramm 3 990 so’mdan boshlanib, kilosi 103 290 so’mda tugaydi.
- Makro supermarketida esa 125 grammi o’rtacha 13 390 so’mdan boshlanib, 102 990 so’m kilosi turadi.
*Tasvirga tushirish jarayonida ko’maklashganliklari uchun Korzi ka.uz supermarketi xodimlariga minnatdorchilik bildiramiz!