Gallery – noyob oziq-ovqat mahsulotlari do’koni
Yangi yil arafasida poytaxtimizda yangi bir do’kon ochildi. Pazandachilikka kerakli barcha mahsulotlarni Gallery do’konidan topishingiz mumkin.
Haqiqiy shohona taomlarni pishirishni istasangiz, bizning mamlakatda topilmaydigan mahsulotlar endilikda aynan shu yerdan albatta topasiz!
Bu do’konning yangi yil oldidan ochilishi ayni muddao bo’ldi. Chunki aynan shu bayramda ko’pchilik tansiq taomlar, noodatiy gazaklar va xilma-xil pishiriqlar tayyorlashadi. Bu do’kon peshtaxtalaridagi mahsulotlar hattoki eng talabchan oshpazlarni ham qoniqtiradi.
Qo’y sutidan tayyorlangan pishloqlar, «Rokfor» pishlog’i, midiyalar, fua-gra — avvallari bularni kinolarda ko’rib, ular haqida o’qiganmiz-u, lekin ularni ta’tib ko’rishu yoqda tursin, ularni hech qayerda uchratmaganmiz. Endi esa ularni poytaxtimizning markazida joylashgan bu ajoyib manzildan topishingiz mumkin.
Yevropada tanilgan Bodrato, Cruscana, Casa Rinaldi kabi bu brendlardagi mahsulotlarni aynan shu yerda uchratishingiz mumkin. Bu do’kondagi mahsulotlarning ko’pchiligi to’g’ridan-to’g’ri aynan o’sha yerdan import qilinadi.
Bu yerning xodimlari xaridorlarga yangilik sifatida har xil noodatiy sovg’alarni ham tavsiya qilishadi. Masalan sizning sevimli insoningiz dengiz mahsulotlari ishqibozi bo’lsa, unda ular sizga dengiz mahsulotlaridan tayyorlangan har xil turdagi yeguliklar va ularga mos keluvchi qayla va ziravorlarni taklif qilishadi.
Bu yerda siz yuqori sifatli, halol go’sht va kolbasa mahsulotlarini, shakarsiz tayyorlangan oliy sifatli shokoladlarni qo’rqmasdan sotib olishingiz mumkin.
Bu yerda shuningdek ayollar uchun mamlakatimizning hech qayerida bo’lmagan sovg’a – suyuq yoki ichishga mo’ljallangan kollagenni uchratishingiz mumkin. Bular nima ekanligiga oydinlik kiritamiz.
Ichishga mo’ljallangan kollagen – bu bugungi kunda kosmetalogiyadaeng so’nggi uslubdagi bir vosita bo’lib, u qarilikni oldini oluvchi, ajinlar bilan kurashuvchi va suyaklarning mo’rtligiga qarshi kurashuvchi oqsildan iborat. Ularni qanday iste’mol qilish mumkin?
Go’zalliklari afsonalarga aylangan yapon geyshalarining sirlari aynan shu ichimlik bilan bog’liq ekan. Bu ichimlikning tarkibida kollagen kukuni bo’lib, uni 25 yoshdan boshlab iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Natija yuzingizda aks etadi. Silliq va sog’lom teri, ajinlarsiz go’zal chehrani uzoq vaqtgacha saqlab qoling.
Bu mo’jizaviy ichimlikni endi faqat Gallery do’konidan topishingiz mumkin.
Bu loyihaning tashkilotchisi va g’oyalar muallifi Alla Silanteva bo’lib, u ko’pincha bolalari bilan safarlarda yursa ham uni tez-tez do’konda uchratishingiz mumkin. U sizga qiziq bo’lgan savollarga javob beradi va o’z maslahatlarini ayamaydi.
«Agar dunyoda hammaga bir xil yoqadigan bitta narsa bo’lsa, bu ham yegulikdir», — deb hazillashadi u. Albatta tanovvul qilishni xush ko’rmaydigan inson topilmasa kerak.
Shuni esdan chiqarmangki, bu do’kon shunchaki har kunlik ovqat tayyorlash uchun emas, balki haqiqiy bayram dasturxonida tortiladigan shohona taomlarga kerak bo’ladigan mahsulotni topib olish uchun mo’ljallangan. Bu go’sha o’zini sevuvchi, yangiliklar bilan hammani hayratda qoldiruvchi insonlar uchun ayni muddao.
Bu oziq-ovqat do’koni har kuni soat 11 00 dan 21 00 gacha ishlaydi.
Manzil: Osiyo ko’chasi, 1A, mo’ljal «Novomoskovskaya» yashash manzili
Telefon: 205-57-57
Facebook: Gallery.boutique.uz
Instagram: @gallery.boutique.uz
*Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziya qilingan.