Inglizcha bulochkalar
Masalliqlar:
-
Xamiriga:
-
300 millilitr iliq sut
-
80 gramm shakar
-
14 gramm quruq xamirturush
-
4 stakan un
-
1 choy qoshiq dolchin
-
100 gramm sariyog'
-
100 gramm mayiz
-
1 dona tuxum
-
Ustidagi belgisiga:
-
1/2 stakan un
-
100 millilitr suv
-
Qiyomiga:
-
60 gramm shakar
-
1/4 stakan suv
-
1 choy qoshiq vanil shakari
-
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i
Yo’nalishlar
Xushbo’y va momiq, Vatani Angliya hisoblanmish mana bunday bulochkalar retsepti bilan tanishib oling. Dolchinga to’yinib pishgan bunday bulochkalardan taraladigan ifor butun uyingizni chulg’ab olishi aniq.
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 10 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Yangidan yangi retseptlar bilan birinchilardan bo’lib tanishishni xohlasangiz, unda bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
300 millilitr iliq sut | |
80 gramm shakar | |
14 gramm quruq xamirturush | |
4 stakan un | |
1 choy qoshiq dolchin | |
100 gramm sariyog' | |
100 gramm mayiz | |
1 dona tuxum | |
Ustidagi belgisiga: |
|
1/2 stakan un | |
100 millilitr suv | |
Qiyomiga: |
|
60 gramm shakar | |
1/4 stakan suv | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i |
Tog'orachaga iliq sut, xamirturush va shakarni solib, aralashtirib olamiz. Ustini sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qoldiramiz.
Alohida idishga un bilan muskat yong'og'ini elab solamiz. Yumshoq sariyog'ni ham solib, qo'lda kukunsimon holatga kirgunicha aralashtiramiz.
Unli massaga mayizni ham solamiz. Tuxum va tayyorlab qo'ygan oparamizni ham solib, aralashtiramiz.
Xamirni stol ustiga olib, qo'lda 10 daqiqa yaxshilab mushtlaymiz. Xamir yumshoq va cho'ziluvchan bo'lishi kerak. So'ng uni shar holatiga keltirib, ustini yopamiz va 1 soatga iliq joyga olib qo'yamiz.
Oshgan xamirni olib mushtlaymiz va 18 ta teng bo'lakka bo'lamiz.
Xamir bo'laklarini pergament qog'oz to'shalgan pech patnisiga terib chiqamiz va 30 daqiqaga qoldirmiz.
Ustidagi naqshi uchun un bilan suvni aralashtirib olamiz va pishiriq qopchasiga quyamiz. Bulochkalarning ustidan "x" shaklini chizib chiqamiz. Xohishga qarab, boshqacha shakllar hosil qilish mumkin.
Bulochkalarni 220 C darajada qizigan pechda 10 daqiqa davomida pishirib olamiz, so'ng haroratni 200 C ga tushirib, yana 12 daqiqa davomida pishiramiz.
Qozonchaga suv, shakar va maydalangan muskat yong'og'ini solamiz. Suv quyib, gazga qo'yib, qaynash darajasiga keltiramiz.
Pishgan bulochkalar ustidan 2-3 marta qiyomdan surtib chiqamiz.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
Xamiriga: |
|
300 millilitr iliq sut | |
80 gramm shakar | |
14 gramm quruq xamirturush | |
4 stakan un | |
1 choy qoshiq dolchin | |
100 gramm sariyog' | |
100 gramm mayiz | |
1 dona tuxum | |
Ustidagi belgisiga: |
|
1/2 stakan un | |
100 millilitr suv | |
Qiyomiga: |
|
60 gramm shakar | |
1/4 stakan suv | |
1 choy qoshiq vanil shakari | |
bir chimdim maydalangan muskat yong'og'i |