Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Crafers Deluxe milk va dark chocolate
Crafers shokoladlarini ishlab chiqaruvchi fabrika o’zining yangidan-yangi mahsulotlari bilan bizlarni xursand qilishda davom etmoqda. Ajoyib asosli mana bunday shokoladlarni uchratib, xarid qilmasdan o’ta olmadik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bunday yangicha shokoladlarning hozircha ikki xili ta’mlisi taqdim etilgan. Sutli shokoladlarni xush ko’ruvchilar uchun ishlab chiqaruvchilar «Peach&Vanilla» (Shaftoli va Vanil) ta’mli shokoladlarni sotuvga chiqargan.
Achchiq shokoladni xush ko’ruvchilar esa «Orange&Vanilla» (Apelsin va Vanil)li shokoladini tanlashlari mumkin.
Bizlar allaqachon shokoladlarning har ikkisini ta’tib ko’rdik va fikrimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Qadog’i
Shokolad qalin karton qog’ozda bo’lib, har bir ichidagi shokolad bo’lagi firma logotipiga ega folga qog’ozga o’ralgan.
Mahsulot yorqin va o’ziga jalb qiluvchi dizayndagi o’ramga ega. Bunday shokolad chiroyli ko’rinishi sabab ham uni sovg’a sifatida yaqinlarga taqdim etishga juda qulay.
Mahsulotning og’irligi — 187 gramm.
Ta’mi
«Peach&Vanilla» sutli shokolad
«Peach&Vanilla» sutli shokoladi mayin, silliq va yoqimli kakao ta’miga ega bo’lib, og’izda darrov erib ketmaydi.
Ichidagi asosi ikki qavatdan iborat bo’lib, mevali jele va vanilli kremdan iborat. Shaftolining ta’mi vanil ta’mi bilan ajoyib uyg’unlikni tashkil etgan.
«Orange&Vanilla» 68% li qora shokoladi
Qora shokoladni sevib iste’mol qiluvchilarga mana bunday ta’mli shokolad ham yoqadi deb o’ylaymiz. Kakaoning ta’mi taxir bo’lmaganligi sababmi, me’daga darrov tegib qolmaydi.
Uning ham asosi mevali jele va vanil ta’mli ikki qavatli asosdan iborat.
Tarkibi
«Peach&Vanilla» sutli shokolad
Kakao yog’i, qirilgan kakao, shakar, quruq sut, soya letsitini, vanilin aromatizatori.
Vanilli asosi: shakar, maxsus pishiriqlarga mo’ljallangan yog’, yog’sizlantirilgan quruq sut, soya letsitini, vanil aromatizatori.
Jeleli asosi: shakar, suv, quyuq shinni, pektin, aromatizator, natriy sitrat, bo’yoqlar.
Jeleli asosi jelatin solinmasdan, pektin asosida tayyorlanilgani juda muhimdir. Chunki jelatin jonzotlardan olinsa, pektin tabiiy o’simliklardan olinar ekan.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 500 kKal bo’lib, 5 grammi oqsillar, 26 grammi yog’lar, 62 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
«Orange&Vanilla» 68% li qora shokolad
Kakao yog’i, qirilgan kakao, shakar, quruq sut, soya letsitini, vanilin aromatizatori.
Vanilli asosi: shakar, maxsus pishiriqlarga mo’ljallangan yog’, yog’sizlantirilgan quruq sut, soya letsitini, vanil aromatizatori.
Jeleli asosi: shakar, suv, quyuq shinni, pektin, aromatizator, natriy sitrat, bo’yoqlar.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 500 kKal bo’lib, 6 grammi oqsillar, 26 grammi yog’lar, 58 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Shokoladlarni bizlar Crafers tarmog’idagi do’konlarning biridan donasini 15 500 so’mdan xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!
Reklama huquqi asosida.