Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: NESQUIK mayin asosli «yostiqchalari»
Shirinliklar faqat bolalar uchun deb kim aytgan? Nestledan taqdim etilgan yangi mahsulot – boshoqli va mayin asosli «yostiqchalar»ini ko’riboq, darhol ta’tib ko’rishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Banan va shokoladni bizlar har kunlik nonushtalarga qaraganda ko’proq sevib iste’mol qilamiz. Mana shu sabab ham bizlar bu mahsulotning aynan shunday ikki xilidan xarid qildik.
Qadog’i
Mahsulot sariq kartonli o’ramda bo’lib, ichidan esa folgali xaltaga solingan. Mahsulot to’rt marta ishlatishga yetadi.
Ta’mi
«Banana-crush»
Mayin banan ta’mli bu shirinlik sut bilan iste’mol qilinganda yanada mazaliroq ta’m kasb etadi. Ammo tarkibida banan ta’mli aromatizatordan tashqari boshqa mahsulotlarning yo’qligi bizlarni biroz o’ylantirdi.
«Choco-crush»
Bu nonushta shokolad ishqibozlari uchun ayni muddao. Shokoladning ozroq achchiqina ta’mi sut bilan birlashganda o’zgacha bir ta’mni beradi.
Tarkibi
«Banana-crush»
Yeryong’oq, quyuq shinni, mayiz, sutli shokolad, (shakar, kakao yog’i, quruq sut, qirilgan kakao, quruq sut zardobi, sut yog’i, emulgatorlar (soya letsitini, E476), tabiiy aromatizator), havodek yengil guruch(guruch, un, shakar, kakao kukuni, tuz), shakar, qora shokolad (shakar, qirilgan kakao, glyukoza, emulgator (soya letsitini), palma yog’i, yog’sizlantirilgan quruq sut, quruq sut zardobi, tuz, limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 468 kKal bo’lib, 9.5 grammi oqsillar, 22 grammi yog’lar, 57 grammi uglevodlar.
«Choco-crush»
Yeryong’oq, quyuq shinni, mayiz, sutli shokolad, (shakar, kakao yog’i, quruq sut, qirilgan kakao, quruq sut zardobi, sut yog’i, emulgatorlar (soya letsitini, E476), tabiiy aromatizator), havodek yengil guruch(guruch, un, shakar, kakao kukuni, tuz), shakar, qora shokolad (shakar, qirilgan kakao, glyukoza, emulgator (soya letsitini), palma yog’i, yog’sizlantirilgan quruq sut, quruq sut zardobi, tuz, pista yog’i, limon kislotasi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 461 kKal bo’lib, 9.1 grammi oqsillar, 21 grammi yog’lar, 59 grammi uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Nestledan ishlab chiqarilgan mayin ta’mli «yostiqchalar»ni Makro supermarketlaridan 15 490 so’mga xarid qilish mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.