Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Bonfesto» mevali to’ldirgichli rikotta pishlog’i
Rikotta – yumshoq pishloqning yana bir turi bo’lib, uning vatani Italiya hisoblanadi. Yaqindagina savdo shaxobchalarida oddiy rikotta emas, balki mevali to’ldirgichli rikottalar sotuvga qo’yilgan. Bizlar juda qiziqdik va Belorussiyaning «Bonfesto» ishlab chiqaruvchilaridan taqdim etilgan bu mahsulotdan xarid qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Rikotta pishlog’i o’zida ko’p miqdordagi kalsiy, A va B guruh vitaminlarini saqlashi sabab ham juda foydali hisoblanadi. Bunday pishloq immun tizimiga samarali ta’sir ko’rsatibgina qolmay, mevali to’ldirgichi sabab ham juda mazali hamdir.
Bunday pishloqlarning 7 xil ta’mlisi taqdim etilgan: nok–asal, pishirilgan olma–dolchin, qovun, olcha, olxo’ri, o’rmon mevalari, qulupnay va kivi. Biz ulardan to’rt xilidan xarid qildik.
Mevali to’ldirgichli pishloqlar bizlarga quyidagi jihatlari bilan manzur keldi:
- birga olib borish uchun juda qulay
- sun’iy bo’yoqlar va qo’shimchalarni o’zida saqlamaydi
- yoqimli ko’rinishi va ta’mi
Qadog’i
Mahsulot qadog’i ikki xil bo’lib, ular: 100 gr yumshoq pishloq va 25 gr mevali to’ldirgich tashkil qiladi.
Mahsulot stakanchasi polimerdan, usti esa folga qog’oz bilan yopilgan. Tez va oson ochiladi. Ustidagi mevalar rasmi ishtahani ochadi.
Ta’mi
Rikotta pishlog’i qanday ta’mda deb ko’pchilik so’raydi. Pishloqning o’zi tuzsiz, achchiq ta’mga ega emas, mevali to’ldirgichlari bilan esa ajoyib ta’mni kasb etadi.
Sal avval yozganimizdek bu mahsulotlarning 7 xili savdoga qo’yilgan. Ularning har birida mevalarning kichkina bo’lakchalarini uchratish mumkin.
Rikottani yana toster nonlariga surtib, ustidan mevali to’ldirgichlari mavjud.
Tarkibi
Tarkibi oddiy va tushunarli bo’lganligi bizlarni xursand qildi.
Rikottaning tarkibi: zardob, pasterizatsiya qilingan qaymoq, limon kislotasi.
To’ldirgichining tarkibi: shakar, olmalar, kraxmal shinnisi, suv, stabilizator, quritilgan uzum, maydalangan dolchin, pektin stablizatori, limon kislotasi, natriy sitrat, ozuqaviy aromatizatorlar.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 149,5 kKal bo’lib, 9 grammini oqsillar, 11,5 grammini yog’lar, 2 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Saqlash muddati: 4 oy
Qadog’i ochilganidan so’ng sovutgichda +2 dan +6 gacha saqlash kerak.
Qayerdan xarid qilish mumkin
Mevali to’ldirgichli rikottalarni Makro supermarketidan 7 890 so’mga xarid qilish mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!