Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Pobeda» shakarsiz shokoladlari
Bizlar har doim sog’lom turmush tarzi tarafdorimiz. Ammo shunday bo’lsada ba’zan shirinliklarga qarshi o’zimizda yetarli kuch topa olmaymiz. Shunday vaziyatda «Pobeda» shakarsiz shokoladlari bizlarni qo’llab-quvvatlashi aniq.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
«Pobeda» fabrikasining shakarsiz shokoladlar ishlab chiqarayotgani bizlar uchun katta yangilik bo’ldi. Bunda ular 3 xil shokoladlarni taqdim etishgan: 57% kakao saqlovchi qora shokolad, 72% kakao saqlovchi achchiq shokolad va 36% kakao saqlovchi sutli shokolad. Bizlar ularning hammasini ta’tib ko’rdik.
Shokoladlar shunisi bilan e’tiborimizga tushdi
- shakar o’rnini bosuvchi moddaning tabiiyligi
- tabiiy prebiotik inulinni saqlashi
- tarkibining tabiiy mahsulotlardan iborat ekanligi.
Qadog’i
Shokolad qog’oz va folgali o’ramlarda qadoqlanilgan. Sutli shokolad achchiq shokoladdan rangining ochligi bilan farq qiladi.
Qora va sutli shokoladlar og’irligi 100 gr, achchiq shokoladniki esa 50 gr ni tashkil qiladi.
Shokoladlar silliq va yaltiroq ko’rinishga ega.
Ta’mi
Xo’sh, ta’mi qanday? Bu mahsulot ta’midan hayron qoldik. Chunki uning ta’mi ham xuddi boshqa shokoladlardek oddiy bo’lib, shakar o’rnini bosuvchi mahsulotlarning mavjudligi umuman bilinmaydi.
Shokolad juda yaxshi erishi sabab ham, undan tort va pishiriqlar uchun bemalol glazurlar ham tayyorlash mumkin.
Tarkibi
Uning tarkibi bizlarni quvontirdi. Kakao yog’i, qirilgan kakao, yog’sizlantirilgan quruq sut, quruq sut zardobi, maltitol, inulin, quruq sut, letsitin, steviya, vanilin.
Ammo bu shokoladning asosiy xususiyati bu uning SHAKARSIZ ekanligi bo’lib, uning o’rniga tabiiy steviyadan ishlatilgan (steviya nafaqat xavfsiz, balki foydali hamdir) va maltitol (Е95). ТShuningdek tarkibida inulin ham mavjud(prebiotik).
Maltitol nima? Maltitolni kartoshka yoki makkajo’xori kraxmalidan olinib, uning kaloriyasi fruktoza va shakarga nisbatan pastroqdir. Shu sababli uning qondagi glyukozaga ta’siri juda past bo’lib, undan hatto qandli diabetga chalingan insonlar ham iste’mol qilishi mumkin.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 470 kKal bo’lib, 12 grammini oqsillar, 32 grammini yog’lar, 34 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Bizlar shakar iste’mol qilishdan xavfsiraydigan, ammo shu bilan birga shirinliklardan o’zini tiya olmaydigan insonlarga bu shokoladni tavsiya qilamiz; shuningdek ozishni xohlovchi insonlar ham undan oddiy shokoladdan ko’proq miqdorda qo’rqmasdan iste’mol qilishlari, ammo me’yoridan oshirib yubormasliklari lozim.
Qayerdan qancha narxga narxga xarid qilish mumkin
Bunday shokoladlarni Makro supermarketlaridan 13 290 so’mga xarid qilish mumkin.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.