Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Aksut» qaymoqli-o’simlik margarini
Supermarketlar peshtaxtalarida «Aksut»dan yangicha qaymoqli-o’simlik margarinlari sotuvga qo’yildi. Bizlar bu yangi mahsulotdan xarid qildik va ishlatib ko’rishni joiz ko’rdik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bir necha yillar avval bozor rastalari yoki do’konlaridan faqatgina bir xil ko’rinishdagi margarinlar mavjud edi xolos. Hozirda esa vaziyat tamoman boshqacha: ularning soni shu darajada ko’pki, ulardan xarid qilmaslikni iloji yo’qdek. Yaqinda bizlarning Qirg’iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan yangicha margaringa ko’zimiz tushdi. Yorqin va bahoriy kayfiyatdagi mahsulot o’rami darrov diqqatimizni o’ziga tortdi.
Qadog’i
Margarin folgali qadoqlarga solingan va ularni shundayligicha muzlatgichda 120 sutkagacha saqlash mumkin. Ochilgandan so’ng esa, uni sovutgichda 3 kungacha saqlash kerak. Usti yorqin va chiroyli ko’rinishga ega.
Mahsulotning og’irligi 200 gramm.
Xususiyatlari
Har xil pishiriqlar tayyorlashda hech kimga sir emaski margarindan keng foydalanamiz. «Aksut» margarini o’zining yoqimli qaymoqli ta’mi va silliq ko’rinishi bilan ajralib turadi. Bizlar undan keks, xamirturushli pishiriqlar va pechenyelar tayyorlashda foydalandik. Va barchasida yaxshi natijaga erishdik. Bu yangi mahsulot bizlarga shu darajada ma’qul keldiki, endilikda undan tez-tez xarid qilishga qaror qildik.
Tarkibi
Qaymoq, o’simlik yog’i, yog’sizlantirilgan quruq sut, emulgator, letsitin, suv, tuz, shakar va ozuqaviy bo’yoq (β-karotin).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 680 kKal bo’lib, yog’larning miqdori – 60 gr.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Aksut» qaymoqli-o’simlik margarinini Makro tarmog’idagi supermarketlar, shuningdek oziq-ovqat do’konlari va bozor rastalaridan xarid qilish mumkin. Mahsulotning o’rtacha narxi 4 500 so’m.
Reklama huquqi asosida.