Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Aksut» sariyog’i
Sariyog’li buterbrodlar ertalabki nonushtada tayyorlash mumkin bo’lgan eng oson, shu bilan birga to’yimli yeguliklardan biridir.
Yaqindagina savdo peshtaxtalarida ko’zimiz yangicha, «Aksut» nomli yangi sariyog’ga ko’zimiz tushdi. Sariyog’dan juda keng foydalanishimiz sabab ham, bizlar bu mahsulotdan ta’tib ko’rishga qaror qildik.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bu sariyog’ Qirg’iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan ekan. Sariyog’ nonga yaxshi surtiladi, bo’linib ketmaydi, shuningdek bo’tqalar, buterbrodlar, har xil pishiriqlarga ishlatganimizda ham bizlarga bir xil manzur bo’ldi. Agarda siz ham yangi mahsulotlardan ta’tib ko’rishga qiziqsangiz, unda albatta bu sariyog’dan xarid qilib ko’ring.
Упаковка
Yangi bu sariyog’ silliq qog’ozli o’ramda qadoqlangan. Bizlar odatda yaltiroq qadoqli sariyog’lardan ishlatganimiz uchun bizlarga yangilik bo’ldi. Mahsulot ustida ishlab chiqaruvchilar sariyog’ning faqat 100% qaymoqdan tayyorlanganligini ta’kidlab o’tishgan.
Mahsulotning og’irligi 200 gramm.
Ta’mi
Sariyog’ o’rami oson ochiladi, och sariq rangga ega bo’lib, nonga yaxshi surtiladi.
Sariyog’ni ta’tib ko’rganda bizning tahririyat xodimlarimizga bolalikda bog’chalarda iste’mol qilgan nonga surtilgan sariyog’lar ta’mini eslatib yubordi.
Sariyog’ni eritganimizda tez va oson erib, shuningdek quyuqligini saqlab qoladi. Shu sabab ham bizlar bu mahsulot “Beshamel” qaylasi uchun juda mos mahsulot ekanligi xayolimizdan o’tdi.
Bizlarga bu yangi mahsulot juda manzur keldi va bundan keyin ham yana bu mahsulotdan xarid qilishimiz aniq.
Tarkibi
Sariyog’ faqatgina yuqori sifatli qaymoqlardan tayyorlangan.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 662 kKal bo’lib, 1 gramm oqsillar, 72,5 gramm yog’lar, 1,4 gramm uglevodlardan iborat.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Aкsut» sariyog’ini Makro supermarketlaridan, shuningdek, tumanlardagi do’kon va oziq-ovqat bozorlaridan 12 500 so’mga xarid qilish mumkin.
Reklama huquqi asosida.