Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Basmati Bravolli guruchi
Rossiya ishlab chiqaruvchilari yaqinda O’zbekiston bozorlariga Basmati guruchlarini yangi, original qadoqlarda sotuvga qo’yishdi.
Bizlarga guruchning bu navi juda yoqadi va undan har xil taomlar pishirishda foydalanamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Guruchning o’ramidagi yozuvlar diqqatimizni tortdi: «Himolay guruchi», «Nafis hidli, donali». Qadog’ini ochib, bizlar xarid qilgan mahsulotimizdan mamnun bo’ldik, chunki guruch donalari bir xil, xuddi terib qo’yilgandek.
Qadog’i
Mahsulotning qadog’i bizlarga bo’r bilan chizilgan maktab doskasini eslatib yubordi, o’rtasida esa guruchdan qilingan yurakcha rasmi joy olgan. Mahsulot ochilgandan so’ng maxsus yorliqchasi bilan uni qayta yopib qo’yish mumkin.
Tarkibi
Tarkibi — silliq va uzunchoq guruch.
100 gramm mahsulotning energetik quvvati: 7 gramm oqsillar, 1 gr yog’lar, 80 gr ni esa uglevodlar tashkil qiladi. Energetik qiymati esa 360 kKaldir.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Basmati guruchlarini bizlar Makro supermarketidan 29 790 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.