Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Xandon pistali muzqaymoq ta’mga ega «Danissimo» tvorogli deserti
Yaqinda poytaxtimiz supermarketlarida yangi mahsulot – Rossiyaning Danone ishlab chiqaruvchilaridan taqdim etilgan tvorogli desertlar sotuvga qo’yildi. Ulardan xarid qildik va taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Xandon pistali muzqaymoq – bu, bizning fikrimizcha, eng mazali desertlardan biridir. Shu sababli «Danissimo»ni ko’rib, unga befarqdek o’ta olmadik.
Agarda siz tvorogni xush ko’rmasangiz, tashvishlanmasangiz ham bo’ladi. Shirinlik asosan qaymoqli ta’mda bo’lib, tvorog borligi bilinmaydi ham.
Qadog’i
«Danissimo» shirinligi klassik ko’rinishdagi plastik konteynerchaga solingan bo’lib, folgali qopqoqchasi oson ochilib-yopiladi.
Mahsulotning og’irligi — 130 gramm.
Ta’mi
Mahsulotni ochganimizda ko’zimiz yorqin yashil rangli, plombirsimon ko’rinishli shirinlikka tushadi. Ustida xandon pista bo’lakchalari ko’rinib turadi.
Desert qaymoq-xandon pista va vanil iforiga ega bo’lib, ochgandayoq ishtahangiz ochilib ketadi. Tezroq shirinlikdan ta’tib ko’rgingiz keladi! Ta’mi mayin, haqiqatdan ham xandon pistali muzqaymoqqa o’xshab ketadi
Agarda xandon pistalarni sevib iste’mol qilsangiz, unda Danonedan taqdim etilgan yangi mahsulot sizga ham manzur keladi. Sizlarga ham ta’tib ko’rishni tavsiya qilamiz!
Tarkibi
Yog’sizlantirilgan tvorog, qaymoq, yog’sizlantirilgan sut, shakar, to’ldirgichlar (shakarli qiyom, shakarli quyultirilgan sut, glyukoza-fruktozali qiyom, maydalangan pista, stablizatorlar – Е1442, pektin, qirilgan xandon pista, limon kislotasi, natriy sitrat, aromatizatorlar, emulgator- mono-digliserid yog’ kislotalari, bo’yoqlar – xlorofillar).
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 140 kKal bo’lib, 5.4 grammini oqsillar, 6.5 grammini yog’lar, 14.9 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Xandon pistali muzqaymoq ta’miga ega «Danissimo» tvorogli desertini bizlar Makro supermarketidan so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.