Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Lyubyatovo» pechenye-myuslisi
Rossiyaning «Lyubyatovo» ishlab chiqaruvchilari yaqinda o’zining yangi mahsuloti – «Pechenye-myusli» lari bilan diqqatimizni tortdi
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Pechenye-myusli nima ekan deb o’ylab qoldik. Va uni ochib, tezroq ta’tib ko’rishga shoshildik. Aytgancha, bizlar uning ikki xili: klyukva bilan mayizli va shokoladlisidan xarid qildik. Yaltiroq qog’oz ichida nima yashiringan ekan, juda qiziqib qoldik.
O’ramining ichidan 8 dona pechenyelar o’rin egallagan ekan va biz buni uning salbiy tomoni deya baholadik: negadir uning sal ko’proq solinishini xohlar edik. Pechenyelar qarsildoq va ta’mi ham mazali bo’lib, choy, qahva va hatto yogurt bilan birga iste’mol qilishga ham qulay. Agarda siz ham myuslilarni oqtirsangiz, unda bunday pechenyelarni bajonidil iste’mol qilishingiz aniq.
Qadog’i
Pechenyelar folgali yelim xaltachalarga 2 donadan solingan. Va ular karton qog’ozli qutidan o’rin egallashgan.
Mahsulotning og’irligi – 120 gramm.
Ta’mi
Klyukva va mayizli pechenye-myuslilar
O’ramini ochib, u yerdan ikki dona pechenyelarni olamiz – ular tillarang, yupqagina bo’lib, ustida quritilgan klyukva va mayizlar shundoq ko’rinib turadi. Pechenye tarkibida shuningdek suli parchalarini ham ko’rish mumkin bo’lib, ular qattiq, ammo hech qanday qiyinchiliksiz tishlanadi. Pechenyelarni tishlaganda qarsillashi granolani eslatib yuboradi.
Ular shirin, biroz klyukvaning nordongina ta’miga ham ega. Pechenyelar yog’liroq, afsuski kaloriyasi baland, ammo juda to’yimli hamdir.
Shokoladli pechenye-myusli
Bu pechenye shokolad bo’lakchilariga ega, biroz to’qroq rangda. Pechenyedagi shokolad mazali, yumshoq bo’lib, og’izda erib ketadi.
Pechenyelarning o’zi shirin va mazaliligi sabab ham ko’pchilikka yoqdi.
Tarkibi
Klyukva va mayizli pechenye-myuslilar
Suli parchalari, shakar, raps yog’i, havodek yengil guruch (guruch, bug’doy uni, kakao kukuni, shakar, raps yog’i, tuz), quritilgan klyukva va mayiz, makkajo’xori kraxmali, qiyom (shakar, sut kislotasi, natriy gidrokarbonat), qabartmalar: ammoniy gidrokarbonat, natriy gidrokarbonat, (iste’mol sodasi); tuz, emulgator: soya letsitini, aromatizator.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 450 kKal bo’lib, 8 grammini oqsillar, 15 grammini yog’lar, 68 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Shokoladli pechenye-myusli
Suli parchalari, shakar, raps yog’i, havodek yengil guruch (guruch, bug’doy uni, kakao kukuni, shakar, raps yog’i, tuz), qora shokolad (qirilgan kakao, shakar, dekstroza, emulgator: soya letsitini), makkajo’xori kraxmali, qiyom (shakar, sut kislotasi, natriy gidrokarbonat), qabartmalar: ammoniy gidrokarbonat, natriy gidrokarbonat, (iste’mol sodasi); tuz, emulgator: soya letsitini, aromatizator.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 460 kKal bo’lib, 8 grammini oqsillar, 17 grammini yog’lar, 67 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga
«Lyubyatovo» pechenyelar o’ramini bizlar Makro supermarketidan 13 750 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.