Limonli kurd
Masalliqlar:
-
1 ta limon po'sti
-
115 millilitr limon sharbati2 ta
-
75 gramm shakar
-
60 gramm sariyog'
-
4 ta tuxum sarig'i
-
1-2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmaliagarda siz suyuqroq bo'lishini istasangiz, unda kraxmaldan solmang
Yo’nalishlar
Limonli kurd — limon sharbati solingan qaynatma krem hisoblanadi. Bunday kremdan tartlarga, har xil pishiriq va hatto tortlarga ham surtib ishlatishimiz mumkin.
Krem juda quyuq bo’lib pishadi, agarda siz suyuqroq bo’lishini istasangiz, unda kraxmaldan solmang.
Bunday kurdni bizlar quyidagi videoretseptda ishlatganmiz: «Merengali limonli tart»
Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 17 000 so’m sarf qilinadi.*
*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.
Masalliqlar:
1 ta limon po'sti | |
115 millilitr limon sharbati | |
75 gramm shakar | |
60 gramm sariyog' | |
4 ta tuxum sarig'i | |
1-2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali |
Bitta limon po'stini qirib olamiz.
Limonlar sharbatini ham siqib olamiz.
Tuxum sarig'ini oqidan ajratib olamiz va limon sharbatiga solamiz.
Ustidan sariyog'ni solib, shakarni sepamiz.
Hammasini qozonchaga solib, gazga qo'yamiz. Past olovda qaynatamiz. Ustida pufakchalar paydo bo'lganida esa kraxmalni solamiz. Quyuqlashgunicha aralashtiramiz va gazdan olamiz.
Sovigan kurdni doka ro'moldan siqib chiqaramiz va bankachalarga solib qo'yamiz. Bunday kurdni sovutgichda 7 kungacha saqlash mumkin.
Yoqimli ishtaha!
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a'zo bo'ling.
Masalliqlar:
1 ta limon po'sti | |
115 millilitr limon sharbati | |
75 gramm shakar | |
60 gramm sariyog' | |
4 ta tuxum sarig'i | |
1-2 osh qoshiq makkajo'xori kraxmali |