Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Hi, Mama!» pechenyelari
Crafers brendi yaqinda yana o’zining yangi mahsuloti «Hi, Mama!» pechenyelari bilan ko’pchilikni xursand etdi. Bizlar ham shu mahsulotdan xarid qildik va taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Yangidan-yangi shirinliklar paydo bo’lganidan bizlar juda quvonamiz. Crafers mahsulotlari bizlarga juda yoqadi, va kundan-kunga esa ishonchimizni yanada oqlab kelmoqda.
Pechenyelar mazali, ba’zi bir xodimlarimizga uning shakari haddan ko’p tuyilgan bo’lsa ham, ammo ko’pchiligimizga u manzur keldi.
Qadog’i
Bizlar folgali o’ramdagi pechenyelardan xarid qildik. Ichida plastik konteyner bo’lib, bu pechenyelarning butunligini saqlashda juda muhimdir.
Mahsulotning og’irligi – 175 gramm.
Shuningdek folgali o’ramdagi donali pechenyelaradan xarid qilish ham mumkin. Bunday pechenyelarni bolajonlarga maktabda yeyishlari uchun juda qulay.
Bu mahsulotning og’irligi esa — 30 gramm.
Ta’mi
«Hi, Mama!» – shokoladli glazur bilan qoplangan qarsildoq, shu bilan birgalikda yumshoq asosli pechenyelardir. O’rtasidagi qaymoqli asosi esa zefirga o’xshab ketadi. Pechenyelardan shokolad va vanilin isi ufurib turadi.
Tarkibi
Yuqori navli bug’doy uni, shakar, konditer glazuri (shakar, kakao kukuni, kakao yog’i o’rnini bosuvchi, soya letsitini, vanilin), yog’, makkajo’xori kraxmali, patoka, quruq tuxumli melanj, soya letsitini, quyultirgich, qabartma, tuz, sut kislotasi, sorbitol, vanilin.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Hi, Mama!» pechenyelarini bizlar Crafers tarmoqlaridan quyidagi narxda xarid qildik:
- 175 grammli o’rami – 5 400 so’m;
- 30 grammli o’rami – 900 so’m.
Yangidan yangi retseptlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.