Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Prostokvashino» sariyog’i
Matroscha kiyimdagi mushuk ifodalangan och ko’k rangli o’ramdgi bu yangi sariyog’ biznig diqqatimizni tortdi. Rossiyada ishlab chiqarilgan bu yangi mahsulotdan xarid qildik va fikrlarimiz bilan o’rtoqlashamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
«Prostokvashinо» brendi bizning bozorda ham o’zining keng assortimentdagi mahsulotlarini sotuvga qo’ydi. Bu nom ostida ishlab chiqarilgan sut, qaymoq va sariyog’ga ko’zimiz tushdi.
Mahsulot bizlarga manzur bo’ldi, uni nonga surtib yeyish yoki har xil pishiriqlar tayyorlash mumkin. U egiluvchan, shaklini yaxshi saqlab, darrov erib ketmaydi.
Qadog’i
Mahsulot oddiy qog’ozli o’ramda qadodlanilgan. Ustida uning juda mazali ekanligi yozilgan ekan, albatta ta’tib ko’ramiz.
Mahsulotning og’irligi 180 gramm.
Ta’mi
Qadog’ini ochamiz: sariyog’ och sariq rangda bo’lib, noxush hidlardan holi, usti esa juda silliq. Nonga surtilganda sinib yoki bo’linib ketmaydi.
Sariyog’ neytral, qaymoq ta’mi kelib turadi. Biz undan buterbrod tayyorladik, bo’tqa va kartoshkali pyurega solib ko’rdik – taomlarning barchasiga u yoqimli ta’m bag’ishladi.
Yumshagan sariyog’ o’zidan suyuqlik ajratmaydi, tovada eriganda ham bir xil eriydi. Bu mahsulotdan bizlar ro’zg’orimiz uchun ham xarid qilishga qaror qildik.
Tarkibi
Tarkibi juda qisqa va lo’nda: faqat pasterizatsiya qilingan qaymoq.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 662 kKal bo’lib, 1 grammini oqsillar, 72.5 grammini yog’lar, 1.4 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Prostokvashino» sariyog’ini bizlar 20 000 so’mga 180 grammli o’ramini xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!