Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Amerikano» pechenyelari
Supermarketlar peshtaxtalarida Rossiyada ishlab chiqarilgan «Kuxmaster» brendi tomonidan ishlab chiqarilgan «Amerikano» pechenyelari sotuvga qo’yildi. Bizlar undan ta’tib ko’rdik va taassurotlarimiz bilan hoziroq bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Ko’pchilik ayollarimiz ishlashlari va bo’sh vaqtlari kam bo’lganidan har doim ham pechenyelarni o’zlari pishirishga ulgurmaydilar. Pechenyelar do’kon peshtoqlarida son-sanoqsiz bo’lib, ulardan biri bu «Amerikano» pechenyesidir.
Pechenyelar mazali, issiq choy yoki qahva bilan yaxshi ketadi. Ichiga ikki xil shokoladdan solinganligi esa uni yanada o’zgacha ta’mda bo’lishiga sabab bo’lgan.
Qadog’i
Folgali o’ram ostidan pechenyelar lastik konteynerga solingan. Bunda pechenyelar butunligicha qoladi.
Mahsulotlarning og’irligi – 270 gramm va 180 grammdir.
Ta’mi
«Amerikano» – quruq, uvalanib ketuvchi, xushbo’y va unchalik ham shirin emas. U ta’m jihatidan biroz suli yormasidan qilingan pechenyega o’xshab ketadi, ammo bu juda yumshoq bo’lib, og’izda erib ketadi.
Eng asosiysi esa bu yerda shokolad. Mahsulot o’ramiga qarab, bizlar shokolad juda ko’p deb o’yladik. Va adashmadik! Pechenyelarda sutli shokolad va qora shokolad donachalari yetarli darajada.
Tarkibi
Yuqori navli un, margarin, shakar, qora shokolad, tabiiy vanil aromatizatori, sutli shokolad, tuxumli melanj, suv, kakao kukuni, karamelli koler, tuz.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 469 kKal bo’lib, 12.3 grammini oqsillar, 25.7 grammini yog’lar, 53.9grammini esa uglevodlar tashkil qiladi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Аmerikano» pechenyelarini bizlar Makro supermarketidan quyidagi narxda xarid qilish mumkin:
- 270 grammli o’rami – 12 490 so’m;
- 180 grammli o’rami – 9 390 so’m.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!