Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Maselko» margarinlari
Supermarketlarda bir nechta turdagi «Маselko».margarinlari sotuvga qo’yildi. Bizlar ham ulardan xarid qildik va har biri haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Eslaysizmi: bir necha yillar oldin savdo shaxobchalarida faqat bir xil turdagi margarinlar sotilar edi. Bizlar undan pishiriqlar tayyorlashda xarid qilsak, krem va qaylalar uchun esa qimmat narxdagi sariyog’dan sotib olishdan boshqa ilojimiz yo’q edi.
Hozir esa vaziyat tamoman boshqacha: hozir ularning soni shu darajada ko’pki, ulardan xarid qilmasligni iloji yo’qdek. Bu safar bizlar «Maselko» nomi ostida ishlab chiqarilgan margarinlardan xarid qildik va taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Shunday qilib, sotuvda quyidagi margarin turlarini uchratishingiz mumkin:
- Desertlar uchun;
- Kremlar uchun;
- Qatlama xamirlar uchun;
- Qaymoqli;
- Quyoshli;
- Konditer premium.
Qadog’i
Margarin folgali qadoqlarga solingan va ularni shundayligicha saqlash mumkin. Mahsulotlar usti hammasi har xil rang va dizaynda bo’lib, yorqinligi bilan mahsulotlar tezda ko’zga tashlanadi.
Mahsulotlarning og’irligi — 200 gramm.
O’ziga xosligi
«Desertlar uchun» margarini
Bu margarinning yog’liligi 40%. Bu margarin non, baget, maffin va pechenyelar pishirishga mo’ljallangan. Bu margarinni eritib yoki qum xamirlar uchun maydalab ishlatish mumkin. Bu margarin ko’pirtirishga mo’ljallanmagan.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 360 kKal bo’lib, 40 grammini yog’lar tashkil qiladi.
«Qaymoqli» margarin
Bu margarinning yog’liligi 60% bo’lib, bu ham xuddi yuqoridagi desertlarga mo’ljallangan margarin kabi eritib yoki qirg’ichdan chiqarib ishlatishga mo’ljallangan. Ikkita bu margarinlar ham oltinrangda bo’lib, xamirlarni ko’tarilishini ta’minlaydi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 540 kKal bo’lib, 60 grammini yog’lar tashkil qiladi.
Kremlar uchun margarin
Bunday margarindan bizlar maffinlar uchun krem tayyorlab ko’rdik. Margarin yaxshi ko’piradi, ta’mi yoqimli, sifatli mahsulot ekanligini anglash mushkul emas.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 720 kKal bo’lib, 80 grammini yog’lar tashkil etadi.
Qatlamali xamir uchun margarin
Bu margarindan bizlar somsa va «napoleon» tortini uchun xamir tayyorladik. Xamir qatlamali bo’lib, qavatlari yaqqol ko’rinib turadigan va ko’nglimizdagidek ta’mda ham chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar qatlamali xamirga ishlatiladigan margarinni ishlab chiqarishda maqsadlariga erishganlar desak, adashmaymiz. Margarinning yog’liligi – 72%.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 650 kkal bo’lib, 72 grammini yog’lar tashkil etadi.
«Quyoshli» margarini
Bu margarinning yog’liligi 72% bo’lib, oshirma xamirlarga mo’ljallangan. Yog’ oshirma xamirlarda katta rol o’ynaydi: aynan u xamirning ko’tarilishi, yaxshi rang va ta’mda chiqishiga sababchi bo’ladi. «Quyoshli» margarin bilan bizlar tayyorlagan pishiriqlar yumshoq, lazzatli ta’mda va ko’tarilib pishdi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 650 kkal bo’lib, 72 grammini yog’lar tashkil etadi.
«Konditer premium» margarini
Bizlar bu margarinni ham ishlatib ko’rdik: undan olmali pirog pishirdik. Bu margarinning yog’liligi 80% bo’lib, u bilan pishirgan pishiriqlarimiz barcha xodimlarimizga ham manzur keldi.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 720 kkal bo’lib, 80 grammini yog’lar tashkil etadi.
Tarkibi
Barcha turdagi margarinlarga masalliqlar deyarli bir xil solinar ekan:
Suv, hidsizlantirilgan o’simlik yog’lari, emulgatorlar, yog’sizlantirilgan quruq sut, yodlangan osh tuzi, konservant (kaliy sorbat), limon kislotasi, «Sariyog'»aromatizatori , bo’yoqlar (β-karotin).
Sizda shunday savol tug’ilishi tabiiy: unday bo’lsa margarinlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? Bu savolga javob olish maqsadida bizlar «Maselko» ishlab chiqaruvchilarining texnologi bilan bog’landik.
Margarinlarning bir-biridan farqi ular tarkibidagi masalliqlarning miqdorida ekan. Masalan, kremlarga mo’ljallangan margarinda emulgatorlar ko’p bo’lib, uning yaxshi ko’pirishini ta’minlaydi.
Nima uchun tarkibidagi mahsulotlarning aniq miqdori ko’rsatilmagan? Bu nafaqat TM»Маselko» ishlab chiqaruvchisining, balki barcha margarin ishlab chiqaruvchilarning siri hisoblanadi. Shu sabab ham qatlamali xamirga mo’ljallangan margarin krem tayyorlashga yoki aksincha kremga mo’ljallangan margarindan qatlama xamir tayyorlab bo’lmaydi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Maselko» margarinlarini bizlar Makro supermarketidan quyidagi narxlarda xarid qildik:
- Desertlar uchun – 2 490 so’mga 200 grammli o’rami;
- Kremlarga mo’ljallangan – 4 200 so’mga 200 grammli o’rami;
- Qatlama xamirlar uchun – 3 690 so’mga 200 grammli o’rami;
- Qaymoqli – 3 200 so’mga 200 grammli o’rami;
- Quyoshli – 3 700 so’mga 200 grammli o’rami;
- Konditer premium – 3 900 so’mga 200 grammli o’rami.
Telegram kanalga a’zo bo’ling: Maselko.
Reklama huquqi asosida.