Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Salatli miks
Zamonaviy ayollarning og’irini yengil qiladigan mahsulotlarga ko’zimiz tushishi bilan quvonib ketamiz. Bunday mahsulotlarga kiruvchi salatli miks bugungi maqolamizning qahramoni bo’ldi.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar «Vostochniy miks» nomi ostida ishlab chiqarilgan salatlarning bir necha xilidan xarid qildik – ular har xil ta’m va ko’rinishdan iborat.
Bularning hammasi tayyor: yuvish shart emas, faqat yog’ yoki xohlagan aralashmadan solib, tortiladi.
Salatlardagi masalliqlar bir-biriga uyg’unlashgan bo’lib, ular orasida siz rukkola, salat bargi va boshqa ko’katlar aralashmasi, sabzi va karamli, shuningdek, karam, qizil lavlagi va «Aysberg»dan iborat bo’lgan vitaminli salatlarni uchratasiz.
Qadog’i
Mahsulotlar vakuumli polietilen yelim xaltachalarga solingan bo’lib, undan salatlarning holati ko’rinib turadi. Ustida mahsulot to’g’risida barcha ma’lumotlar ko’rsatilgan: ishlab chiqarilgan sanasi, saqlash muddati va saqlash usullari.
Mahsulotlarning vazni turlicha:
- Salatli miks – 80 gramm;
- «Vesenniy briz» – 200 gramm;
- Rukkola – 70 gramm;
- Vita miks – 180 gramm.
O’ziga xosligi va ta’mi
«Vostochniy miks» salatidagi masalliqlar yuvilgan va to’g’ralgan bo’lib, aralashtirib dasturxonga tortish kerak bo’ladi xolos.
Ulardagi barcha sabzavot va ko’katlar – yangi uzilgan, juda sersuv va yumshab ketmagan. Ulardan noxush hid kelmaydi, barchasi yuvilgan va toza. Aytgancha, to’g’ralgan karam va sabzini taomlarga ham solishingiz mumkin.
Tarkibi
Salatli miks
Rukkola, gollandcha petrushka, , голландская петрушка, rayhon, lollo rosso va bataviya salat bargi.
«Vesenniy briz»
Karam, qizil boshli karam, sabzi.
Rukkola
Rukkola.
Vita miks
Aysberg salati,qizil lavlagi, sabzi, qizil boshli karam.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Vostochniy miks» salatlarini Korzinka.uz supermarketlaridan 7 290 so’mdan xarid qilish mumkin.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!