Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: Amilov shokoladlari
Siz o’zimizda ishlab chiqarilayotga Crafers rasmiy savdo shaxobchalarida bo’ldingizmi? Bizlar ularning hamma mahsulotlarini ta’tib ko’rishga qaror qildik va bugunchalik shokoladlarga batafsil to’xtalib o’tmoqchimiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Crafers savo do’konlarida shokoladdan tortib, marshmellougacha sotuvga chiqarilgan. Bizlar Amilovning sutli va qora shokoladlaridan ta’tib ko’rishga qaror qildik, chunki yaqinda bayram, shokolad esa hech qachon ortiqchalik qilmaydi.
Shokoladlarning sifati bizlarni juda qoniqtirdi desak mubolag’a bo’lmaydi: ular mazali, sifatli, pishiriqlar va kremlar tayyorlashda ham bizlarga pand bermadi.
Qadog’i
Shokoladlar brendning ramziy rangi sanalmish binafsharang folgali o’ramlarda qadoqlanilgan. Qora shokolad binafsha va jigarrangda, sutli shokolad esa osmonrang va binafsha rangdagi tasvirlangan.
Mahsulotning og’irligi 90 gramm.
Ta’mi
Amilov sutli shokoladi shirin, shu bilan birga juda mayin ta’mda, yegandan so’ng taxir ta’m qoldirmaydi. Yumshoqroq ta’mni yoqtiruvchilar aynan shu sutli shokoladdan xarid qilishlari maqsadga muvofiqdir.
Qora shokolad esa kakao bilan boyitilgan bo’lib, ta’mi juda yoqdi. Yana shunisi e’tiborga molikki, shokoladni bo’lganda biroz qarsillash ovozi eshitiladi. bu esa mahsulotning sifati yuqoriligini bildiradi.
Shokolad ustiga ganash tayyorlashda achchiq shokolad ko’proq to’g’ri keladi. Chunki u yaxshi erib, shaklini ham ushlab qoladi.
Tarkibi
Sutli Amilov shokoladi
Shakar, qirilgan kakao, sof va yog’sizlarntirilgan quruq sut, kakao yog’i, soya letsitini, vanilin.
Achchiq ta’mli Amilov shokoladi
Shakar, qirilgan kakao, kakao yog’i, soya letsitini, vanilin.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 520 kKal bo’lib, 7 grammini oqsillar, 31 grammini yog’lar, 49 grammini esa uglevodlar tashkil etadi.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
Sutli va achchiq ta’mli Amilov shokoladlarini bizlar Crafers do’konidan donasini 5 800 so’mga xarid qildik.
Yangidan yangi ma’lumotlarni bizdan kutib qoling va bizning telegram kanalimizga albatta a’zo bo’ling.