Peshtaxtalardagi qiziqarli mahsulotlar: «Aktual» zardobli ichimligi
Savdo shaxobchalarida bizlar Danone brendi nomi ostida ishlab chiqarilgan yangicha mahsulot, «Аktual» zardobli ichimligiga ko’zimiz tushdi. Biz bu qiziq mahsulotdan xarid qildik va taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz.
Taassurotlarimiz bilan bo’lishamiz
Bizlar bunday mahsulotni ilgari uchratmaganligimiz bois uni ta’tib ko’rish uchun 3 xil ta’mlisidan xarid qildik: apelsin-mango, malina-yalpiz-marakuyya va shaftoli-marakuyya.
Zardob juda foydali mahsulot ekanligi hech kimga sir emas. Ammo unga meva sharbatidan solinsa, uning foydalilik xususiyati ikki hissaga ortishi aniq. Meva sharbati bilan zardob uyg’unligi qanday ta’mda bo’larkan deb rosa qiziqdik. Lekin u haqiqatdan ham mazali ekan.
Qadog’i
Ichimlik shaffof rangli butilkachalarga solingan bo’lib, ustiga yorqin rangli yorliqlar yopishtirilgan.
Mahsulotning ishtahaochar rangi bizga juda yoqdi.
Mahsulotning og’irligi 310 gramm.
Ta’mi
Mango-apelsinli «Аktual»
Apelsin sharbatini yaxshi ko’rasizmi? Unda bu ichimlik siz uchun. U o’rtacha shirinlikda, tetiklashtiruvchi, tabiiy meva ta’mda. Ichimlikning ta’mi ko’priq apelsin sharbatiga o’xshasa, hidi esa mangoni eslatadi.
Malina-yalpiz-marakuyyali «Аktual»
Aytish kerakki, bu mahsulot bizni juda qiziqtirdi. Bizlarga malina va yalpiz ta’mi juda yoqadi, ammo marakuyyaning ular bilan birga qanday ta’mdaligi juda qiziq edi. Ularning uyg’unligi juda qiziq ta’mda bo’lib, ammo! Agarda sizga yalpiz ta’mi yoqsa, u da ichimlikni yaxshilab dovutib, agarda malina va marakkuya ta’mi ko’proq yoqsa, unda uni iliqligida iching.
Shaftoli-marakuyyali «Аktual»
Shaftolili ichimliklarga bizlar ehtiyotkorlik bilan qaraymiz: chunki ularga kimyoviy qo’shimchalar solingan bo’lsa, bir marta ichishdayoq bilinadi. Ammo bu ichimliklarning ta’mi juda yoqdi, ulardan qo’shimcha ta’m va hidlar sezilmaydi.
Tarkibi
Tarkibi tabiiy mahsulotlardan ekanligi, zararli konservantlarni saqlamasligi bizlarga yoqdi.
Mango-apelsinli «Аktual»
tiklangan sut zardobi, apelsin va mango sharbati, suv, bo’yoqlar, stablizator, pektin, askoebin kislotasi, olma kislotasi, shakar, vitamin va mineralli aralashmalar: B1, B6, B3, E, D; mikroelementlar – rux, asal), sorbat kaliy, aromatizatorlar.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 36 kKal bo’lib, 0.5 gramm oqsillar, 0.1 gramm yog’lar, 8.3 gramm uglevodlar.
Malina-yalpiz-marakuyya
tiklangan sut zardobi, shakar, to’ldirgich (suv, olma, malina, sabzi va marakuyya sharbati, stablizatorlar, yalpiz aromatizatori, vitamin va mineralla aralashma: В1, В6, В3, Е, D, mikroelementlar, rux, asal, sorbat kaliy. –
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 43 kKal bo’lib, 0.3 gramm oqsillar, 0.1 gramm yog’lar, 10.1 gramm uglevodlar.
Shaftoli-marakuyyali «Аktual»
Sut zardobi, to’ldirgich (shaftoli va marakuyya sharbati, suv; aromatizatorlar; limon kislotasi; vitamin-mineralli aralashma: B1, B6, B3, E,D; mikroelementlar, rux, asal, aramatizator.
100 gramm mahsulotning energetik qiymati: 39 kKal bo’lib, 0.6 gramm oqsillar, 0.1 gramm yog’lar, 9 gramm uglevodlar.
Qayerdan qancha narxga xarid qilish mumkin
«Аktual» zardobli ichimligini bizlar Makro supermarketidan 7 690 so’mga xarid qildik.
Bizni kuzatishda davom eting va yangiliklardan doimo xabardor bo’ling, buning uchun bizning telegram kanalga a’zo bo’ling!