fbpx
Echpachmak (go’sht va kartoshkali somsachalar)

Echpachmak (go’sht va kartoshkali somsachalar)

Masalliqlar:

  • Xamiriga:

  • Asosiga:

Yo’nalishlar

Echpachmak tatarcha mashhur yeguliklardan biri bo’lib, uni uy sharoitida tayyorlash juda oson.

Quyidagi masalliqlardan taxminan 18 ta echpachmaklar hosil bo’ladi.

Tayyorlaniladigan yegulikka taxminan 40 000 so’m sarflaniladi.*

*narxi manba chop etilgan vaqtgagina amal qiladi.

Masalliqlar:

Xamiriga:
850 gramm un
500 millilitr sut
2 ta tuxum
70 gramm margarin yoki sariyog'
5 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq shakar
Asosiga:
750 gramm mol go'shtidan qiyma
4-5 ta kartoshka
4 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
250 millilitr bulyon
1 ta tuxum sarig'i
Qadam 1
Tugallandi

Iliq sutga xamirturush, eritilgan sariyog', o'simlik yog'i, tuxum, tuz va shakarni solib aralashtiramiz, un solib xamir qoramiz.

Qadam 2
Tugallandi

Xamirni yelim qog'ozga solamiz va ozroq tindirib qo'yamiz.

Qadam 3
Tugallandi

Piyoz, kartoshka va go'shtni to'rtburchak qilib to'g'raymiz. Yoki qiymadan foydalanamiz.

Qadam 4
Tugallandi

Tingan xamirni yana bir bor mushtlab, 18-20 ta bo'lakchalarga bo'lamiz.

Qadam 5
Tugallandi

Xamir bo'lakchalarini likopcha kattaligida yoyib, o'rtasiga qiymadan solamiz.

Qadam 6
Tugallandi

Somsalarni o'rtasida joy qoldirib, uchburchsk shaklda tugamiz. O'rtasidagi teshik bulyonni quyish uchun kerak bo'ladi.

Qadam 7
Tugallandi

Ularni patnisga teramiz va 180 C darajada qizdirilgan gaz pechida 20 daqiqa pishiramiz, so'ng gazdan olib, ichiga bulyondan quyamiz va tuxum sarig'idan surtamiz. Yana 20-25 daqiqa davomida pishirib olamiz. Yoqimli ishtaha!

Muallif: Sitora

  • O’rtacha

Share it on your social network:

Or you can just copy and share this url

Masalliqlar:

Xamiriga:
850 gramm un
500 millilitr sut
2 ta tuxum
70 gramm margarin yoki sariyog'
5 gramm quruq xamirturush
1 osh qoshiq o'simlik yog'i
1 choy qoshiq tuz
1 osh qoshiq shakar
Asosiga:
750 gramm mol go'shtidan qiyma
4-5 ta kartoshka
4 ta piyoz
ta'bga qarab tuz va murch
250 millilitr bulyon
1 ta tuxum sarig'i
oldingi
Brinza bilan pishirilgan sabzavotlar
keyingi
Qovoqli gulsimon somsalar

Izohingizni yozib qoldiring

Qo'shimcha imkoniyatlarga ega bo'lish uchun saytdan ro'yxatdan o'ting.